Breaking News

Texasdagi harbiy akademiyaning ukrainalik talabasi


Ukrainalik marhum jangchining o’g’li AQShda kursant
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00

Vadim Xorodniy doimo harbiy bo’lishni orzu qilgan. Uning otasi va oilaviy do’stlari armiyada xizmat qilgan. Vadim ham shu yo’ldan borishni xohlaganini aytadi.

Vadim 14 yoshda, Ukrainaning Chernigov shahridan. U bir necha oydan buyon Texas shtatidagi Harbiy-dengiz akademiyasida tahsil olmoqda.

Vadimning otasi Serhiy Xorodniy Chernigovda tank brigadasida xizmat qilgan, Rossiya bosqinining ilk haftalarida halok bo’lgan.

“So’nggi bor 2022-yilning 19-martida telefon qilgan edi. Dushmanni siqarib chiqarib, har daqiqa o’qqa tutilayotgan joyga ketayotganini aytgandi”, - deydi o’smir.

Otasidan bir necha oilaviy suratlar, portlash va evakuatsiyalardan omon qolgan shaxsiy buyumlar qolgan xolos. Onasi hamon Chernigovda. Vadim esa Qo’shma Shtatlarda. Halok bo’lgan ukrainlarning farzandlariga yordam beruvchi xayriya jamg’armasi ko’magida u Texasdagi Harbiy-dengiz akademiyasida tahsil olyapti.

“Ota-onalari harbiy bo’lganmi, yo’qmi, bizga ahamiyati yo’q. Otasi yoki onasi urush davomida halok bo’lgan bo’lsa, yordam beramiz”, - deydi jamg’arma vakili Antonina Golovach.

Texasdagi akademiya 7-sinfdan 12-sinfgacha bo’lgan o’g’il bolalar uchun xususiy internat-maktabdir. O’quv fanlaridan tashqari talabalar bu yerda sport bilan shug’ullanishi, harbiy intizomni o’rganishi mumkin.

Barcha darslar ingliz tilida. AQShda yashovchi o’qituvchi Tatyana Semashko Vadimga til muammolari bilan yordamlashadi. Darslar onlayn, lekin Vadim ta’til paytida o’qituvchisi bilan ko’rishadi.

“Qo’limdan kelgancha yordam beryapman. Akam oilasi bilan Kiyev viloyatida yashashadi. Rostini aytsam, Vadimga o’xshagan bolalarga yordam berishni burchim deb bilaman”, - deydi muallim.

Vadimning kiyimida uning familiyasi yozilgan. Orqasida esa “Alfa” brigadasining logosi. Sinfida u eng yaxshi o’quvchilardan biri. Otamdek bo’lish uchun o’qishdan, og’ir mehnatdan qochmayman, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG