Breaking News

Ukrainaning jangchiga aylangan o’qituvchi va fermerlari


Urush jangchiga aylantirgan ko'ngillilar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:55 0:00

Urushgacha bu yigitlarning armiya bilan ishi yo'q edi. Bugun esa ular rus qo'shinlarini Donbassdan haydab chiqarish uchun kurashayotgan ko'ngilli jangchilarga aylanishdi.

Bu yigitlarning mashg'ulotdagi vazifasi jang mashinasini imkon qadar tez tark etib, xandaqlarda jangovar pozitsiyani egallash. Hozir ular mashg'ulotda, ammo jang maydonida ham bo'lib qaytishgan.

“Baxmut yaqinidagi qishloqda tashlandiq hovli ikkinchi uyimizga aylandi”, - deydi xavfsizlik nuqtai nazaridan to'liq ismini aytishni istamagan 40 yoshli Vasiliy.

U 2022-yilning avgustida Ukraina qurolli kuchlari safiga qo'shilishidan oldin Lvov viloyatidagi maktabda musiqadan dars bergan. O'quvchilari unga xat yozib turishadi.

"Kuni kecha o'quvchilarimdaan xat oldim, menga chuchvara qilib ham jo'natishibdi. Xatda ko'pincha mendan qachon qaytishinmi so'rashadi. Lekin bu menga bog'liq emas, urush tugasa qaytaman", - deydi Vasiliy.

39 yoshli Artyom esa avval axborot texnologiyalari sohasida ishlagan, o'tgan yil maydan ko'ngilli tarzda frontga otlandi.

O'shandan buyon uning uchun otishmalar ko'nikmaga aylandi, ammo har safar do'stlaridan biri jarahotlanar ekan, u larzaga tushadi.

"Bu istalgan paytda sodir bo'lishi mumkin, yaqinda biz bir nechta yigitlarimizni yo'qotdik", - deydi u.

Lvovlik 29 yoshli fermer Oleg ham shunday fikrda. U avvaliga Rossiya rostdan ham Ukrainaga bostirib kirganiga ishona olmaganini eslaydi.

"Men urushni yoqlamayman. Hatto urush boshlangani haqida rasman ma'lum qilinganda ham, "qanaqa urush, ko'chat ekish mavsumi kelayotgan bo'lsa?", deb o'ylagandim", deydi Oleg.

Asli fermer Andriy o'tgan yili mart oyida ko'ngillilar safiga qo'shildi. Bir yil avval shu paytlarda u snaryad parchasidan jarohatlangan edi, bugun yana safga qaytgan.

"Vatanim himoyasidaman, dushmanni chegaradan nariga uloqtirmoqchiman. Bolalarimiz, nevaralarimiz urush nimaligini, tinchlikni yo'qotish qanday og'ir ekanligini bilishmasin", - deydi u.

Barcha jangchilarning asosiy maqsadi urushdagi g'alaba bilan uyga qaytish.

"Bizga tirgak berib turgan asosiy kuch uydagilar, yaqinlarimiz va rivojlangan dunyoning qo'llab-quvvatlashi. Biz qurol-aslaha yetkazilayotganini eshitamiz, dunyo ko'magini his qilamiz. Buning uchun ijtimoiy tarmoqlarda yoki ibodatlarimizda minnatdorchilik izhor qilamiz", - deydi Artyom.

Ukraina musulmonlari qanday yashamoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:18 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG