Breaking News

Ukraina armiyasida musulmonlar uchun imom lavozimi joriy qilindi


Ukraina armiyasidagi musulmonlar imomi bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:59 0:00

Murad Putilin Ukraina armiyasining imom-kapellani. U muntazam frontga qatnaydi, musulmon jangchilarni ruhan dastlaklaydi va xayriya yordamlari yetkazadi.

Harbiylar bilan ishlash imom-kapellanning xizmat burchi, kapellanlik Ukraina armiyasidagi rasmiy lavozim.

Murad Putilin yaqinda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan orden bilan taqdirlandi.

Putilin "Amerika Ovozi"ga Ukraina armiyasidagi imom-kapellan faoliyati nimalardan iborat ekanini tushuntirdi:

"Albatta, kapellan so'zi nasroniychadan, shuning uchun men imom-kapellanman. Qonunchilikda harbiy kapellan. Imom-kapellanning vazifasi jangchilar bilan birga bo'lish, ularni ruhan, ma'nan qo'llab quvvatlash.

Jeneva konvensiyasiga ko'ra, kapellan harbiy emas, jangda ishtirok etmaydi, faqat dindoshlari bilan ishlaydi. Birinchi o'rinda diniy dastak, lozim bo'lganda albatta rushshunos sifatida ham ishlaysan.

Kiyevda Ramazon hayiti shukuhi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:36 0:00

Imom-kapellanlik joriy etilishi musulmon bir jangchimizning o'limidan boshlandi. Uni shariatga muvofiq ko'madiganlar yo'q edi, buni o'zimiz bajarishimiz kerak edi. Shu bois shayx Said Ismagilov bilan Ukraina musulmonlari harbiy imom-kapellani boshqarmasini tuzdik. Frontda yurib musulmonlar bilan aloqaga chiqa boshladik. Avvaliga muloqot qiyin kechdi, hozir hammasi iziga tushgan. Frontda jangchilar bilan birga ovqat tayyorlaymiz; otishma, jangga qaramasdan duo, ibodat qilish, "Qur'on"dan darslar berishga harakat qilamiz.

Men hozir Ukraina armiyasida qancha musulmonlar jang qilayotganini aniq ayta olmayman. Ammo ular juda ko'p. Qrim-tatarlari, Kavkazdan, Markaziy Osiyo, jumladan, Turkmaniston, O'zbekistondan ham ko'p.

Avallari musulmon jangchilarga halol oziq-ovqat yetkazish qiyin edi. Hozir ko'ngillilar, jumladan, kapellan xizmati ham juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Musulmon jangchilar halol mahsulot bilan to'kis ta'minlanmoqda. Ramazon oyida asosan front hududlarida bo'ldik, xayriya yordamlari ulashdik, jangchilar bilan iftorlik qildik, juma, taroveh namozlarini ham birgalikda o'qidik. Hozir Ukraina armiyasidagi musulmon jangchilarni qiynayotgan jiddiy muammolar yo'q", - deydi Ukraina armiyasi imom-kapellani Murad Putilin.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG