Breaking News

AQSh Suriyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirmoqchi


Suriya rahbari Bashar al-Assad Arab ligasi sammitida, Jidda, Saudiya Arabistoni, 19-may, 2023
Suriya rahbari Bashar al-Assad Arab ligasi sammitida, Jidda, Saudiya Arabistoni, 19-may, 2023

AQSh Kongressi Suriyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirib, bu davlat bilan aloqalarni normallashtirishga yo'l bermaydigan qonun loyihasini ko'rib chiqmoqda.

Ayrimlar nazarida bu Suriya xalqi hayotini yanada og'irlashtiradi. Boshqalar fikricha esa Prezident Bashar al-Assad zulm o'tkazishdan to'xtamas ekan, bu mamlakat bilan rishtalarni yaxshilash mumkin emas.

Amerika qonunchilari muhokama qilayotgan loyiha 2020-yilda qabul qilingan qonunni kengaytiradi.

Taklif ortida respublikachi kongressmen Jo Uilson va yana 35 qonunchi turibdi.

Ovozdan o'tsa, bu hujjatga ko'ra, Assadga yordamlashgan arab davlatlari jazolanadi, xususan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari. Vashington boshqa hukumatlarni ham ogohlantiradi.

Respublikachi kongressmen Jo Uilson Suriya bilan aloqalarni biror jihatdan yaxshilashga qarshi
Respublikachi kongressmen Jo Uilson Suriya bilan aloqalarni biror jihatdan yaxshilashga qarshi

Kongressmen Uilson - Vakillar palatasining Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyo bo'yicha quyi qo'mitasi raisi.

AQSh hukumati arab hamkorlarini Assadni 12 yillik fuqarolik urushida amalga oshirilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tutishga undab kelmoqda. Suriyaning Arab ligasiga qayta qo'shilishi Amerika nazarida adolatsizlik va vijdonsizlikdir. Biroq arab hukumatlar bunday qarashda emasligini bildirib, Assad bilan muloqotda.

Vashington bu qoralamoqda va Kongressdagi harakatlar hozirgi vaziyatga nisbatan choradir. Suriyadagi urushda yarim millionga yaqin odam halok bo'lgan. 23 millionlik aholining yarmi qochqinga aylangan.

Oklaxoma universitetidan Suriya bo'yicha ekspert Joshua Landis deydiki, Assad rejimiga qo'shimcha sanksiyalar adolatni ta'minlamaydi, aksincha qashshoqlikni oshiradi.

Suriya shimoli-sharqi va shimoli-g'arbi Damashq nazoratida emas
Suriya shimoli-sharqi va shimoli-g'arbi Damashq nazoratida emas

"Assad hukumati nazorat qiladigan hududda 16-17 million aholi yashaydi. Har qanday cheklov ularga nisbatan adolatsizlik emasmi? Sanksiyalarning ta'siri Assaddan ko'ra oddiy odamlarga og'ir tushmaydimi?" deya tanqid qiladi Landis.

Arab dunyosida diplomatlik qilgan Uilyam Robak deydiki, AQSh Suriya ahliga emas, uning rahbariga qarshi.

"Assad qutulib ketmasligi kerak, uni javobgarlikka tutish kerak. Sanksiyalarning muddaosi shu. Bu bilan Suriya xalqining turmushi hozirgidan og'irlashib qolmaydi. Mamlakatni qayta qurish davom etaveradi. Assad ham bor imkoniyatini ishga solib, hokimiyatini kuchaytiraveradi", - deydi Robak.

Assad hukumati Suriyaning shimoli-sharqi va shimoli-g'arbidagi nazoratni yillar oldin kurdlar va boshqa kuchlarga boy bergan.

Arab davlatlari Suriyaga moddiy yordam ko'rsatayotgani haqida ma'lumotlar yo'q. Ularning ham Damashqqa shartlari bor, jumladan kaptagon degan kuchli narkotik dori ishlab chiqarilishi va sotilishini to'xtatish. Suriya hukumati bundan yiliga 10 milliard dollar daromad oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG