Breaking News

Falastin: amerikaliklar yashovchi qishloq yahudiylar hujumiga uchradi


Amerikaliklar yashovchi Falastin qishlog'i yahudiylar hujumiga uchradi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:27 0:00

Falastinning Turmus Ayya qishlog'i 400 ga yaqin isroillik hujumiga uchradi. Ular yaqin atrofdagi yoqilg’i quyush shaxobchasida halok bo’lgan to’rt yahudiydan qasd olish uchun shu ishga qo’l urgani aytilmoqda. 70 foizi AQSh fuqaroligiga ega bu qishloq aholisi AQSh hukumatini o’zlarining xavfsizligi uchun ko‘proq chora ko’rishga undamoqda.

Aholisining aksariyati AQSh fuqaroligiga ega Turmus Ayya qishlog’I o'tgan hafta yuz bergan yahudiylar hujumidan hanuz karaxt holatda. Yahudiylar posyolkasining yuzlab rezidentlari yuziga niqob taqib, qurollangan holda Falastin qishlog’iga hujum qilgan va ko’plab mol-mulkka zarar yetkazgan.

“Uyga yahudiylar kirib kelishdi. Ular meni, keyin nevaramni urishdi. Tashqariga chiqishganda men hammomga yashirindim. Keyin ular uyga o‘t qo‘yishdi”, - deydi Ummu Bilol ismli ayol.

Ummu Bilol va uning turmush o'rtog'i Mahmud Hajjoz AQSh fuqaroligiga ega. Ular o'z vaqtini ham Turmus Ayyada, ham AQShda o’tkadi. Bundaylar qishloq aholisining 70 foizdan ortig’ini tashkil etadi.

Hajjozning aytishicha, hujum uni qishlog’iga yanada bog’lab qo’ygan.

"Ular bizning ko'chishimizni xohlashadi. Uylarimizni, yerimizni, fermamizni tashlab ketishimizni, so’ng ular bu joylarni egallashni istashadi. Biz ketmaymiz. Bu bizning yerimiz, bizning uyimiz”, - deydi u.

Yahudiylar hujumi to'rt isroillikning o'limiga sabab bo'lgan terror xurjidan bir kun o'tib yuz berdi. Isroil hukumati va armiyasi xurujga keskin munosabat bildirdi, ayni paytda ular yahudiylar zo'ravonligini ham qoraladi.

"Falastinlik uyiga molotov kokteylini uloqtirmoqchi bo’lib turgan Isroil fuqarosi ishidan ko’z yumgan Isroil armiyasi zobiti bizdan emas", - dedi Isroil bosh harbiy shtabi rahbari Herzi Halevi.

Falastinliklarning aytishicha, o'ta o'ngchi hozirgi Isroil hukumati davrida xuruj uyushtirgan yahudiylar deyarli hech qachon hibsga olinmaydi yoki sudga tortilmaydi.

Yevropa Ittifoqi va Amerika rasmiylari Isroilni Falastin tinch aholisiga qarshi yahudiylarning hujumini to'xtata olmagani uchun keskin qoraladi hamda Isroil va Falastinni zo'ravonliklarni pasaytirish uchun ko'proq harakat qilishga chaqirdi. Falastin qishlog’ida yashovchi 5000 ga yaqin amerikalikka ko’ra, AQSh zo’ravonlikni to’xtatish uchun faolroq bo’lishi kerak.

"Isroilga har yili milliardlab dollar harbiy mablag' berishda davom etish tinchlik o’rnatishga hech qanday yordam bermaydi", - deydi Illinois shtati qonunchisi, asli falastinlik Abdulnasir Rashid.

Biz xohlayotgan yagona narsa – bunday hujumlar to’xtashi kerak, deydi falastinliklar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG