Breaking News

Begona yurtlarda yo'lini topishga urinayotgan ukrainalik ayollar


“Menga biror kor-hol bo'lsa, qizimga kim qaraydi?”
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:15 0:00

BMTga ko’ra, urushdan qochib Ukrainani tark etgan 8 million qochqinning 90 foizi ayollar va bolalar. Harbiy holatda aksariyat erkaklar mamlakatni tark etolmaydi. Chetga otlangan ukrainalik ayollar oilasiga o’zi g’amxo’rlik qilishga majbur.

Frontdan va xandaqlardan ancha olisda ukrainalik qochqin ayollar va farzandlari yuzlashayotgan muammolar talay. Odam savdosi, jinsiy zo'ravonlik xavfi, ruhiy toliqish va umidsizlik.

“Uyda tezda bajariladigan ishlar bu yerda yarim kun, hatto bir necha kun olishi mumkin. Hatto oddiy sho'rva pishirish - chunki birovning oshxonasidasiz. Shifokorga uchrash, bolalarni maktabga joylashtirish”, - deydi Marina Mazurak.

U Dnepropetrovsk shahridan. Varshavaga ikki farzandi bilan o’tgan yili mart oyida kelgan. Tasodifan internetda “Ukraina uyi” fondini va uning ayollar klubini topib oldi.

“Facebook”dan topib, ro'yxatdan o'tdim va bordim. Sog'liqni saqlash bo’yicha uchrashuvda o’zim kabi sarosimaga tushgan, ko'zlari nam ayollar qatori yordamga shay odamlarni ham uchratdim”, - deya eslaydi u.

Keyinchalik Mazurak ayollar klubining koordinatori bo'ldi. Vatandan uzoqda bir yildan oshiq yashab yurishgan bo’lsa-da, deydi u, ko’plab ayollar uchun bunday uchrashuvlar muhim, chunki yolg'iz emasliklarini his etishadi.

Dastlabki stress o'tgan, lekin ruhiy charchoqni yashira olmaysiz.

“Urushning birinchi oylarida adrenalin hisobidan omon qolganmiz. Keyinchalik mijozlarimda psixosomatik kasalliklar paydo bo'ldi. Trankvilizator, kuchli tinchlantiruvchi dorilar qabul qilishga o’tishdi”, - shifokor Tatyana Moiseyeva.

Oilalarning bo’linib qolishi yana bir muammo. Bu davrda ko'plab juftliklar ajrashadi. Omon qolganlarda aybdorlik hissi kuchayadi.

“Qochqinlarning 90 foizida shunday. O’zimda ham sezaman. Erim, onam Ukrainada. Men esa xavfsiz joydaman”, - deydi Moiseyeva.

Urush davom etar ekan, begona yurtda o‘z farzandlarini tarbiyalayotgan yolg’iz ayollar orasida o‘lim qo‘rquvi kuchayadi.

“Kasal bo'lib qolishdan xudo saqlasin. Menga biror kor-hol bo'lsa, qizimga kim qaraydi, kim yordam beradi?”, - deydi yana bir ukrainalik qochqin Anna Jukova.

Urushgacha u Xarkov viloyatida yashar edi. Varshavada ish izlarkan, yetti marta suhbatlarga bordi. Keyin yurtdoshi Mariya Golovata bilan tanishdi. Golovata singlisi bilan birga qo’lda bukilgan ukraincha chuchvara tayyorlab sotadi, shu orqali kun ko’radi.

Golovata Ukrainada shisha bo’yicha rassom bo’lgan. Hozirgi ishidan ham xursand.

“Farzandlarimni bog‘chaga olib borishga, olib kelishga ulgurayapman. Fabrika yoki do'konda ishlash smena va jadvallari o’zgaruvchanligi sabab uchta farzandi bor kishiga to’g’ri kelmaydi”, - deydi Golovata.

"Amerika Ovozi" bilan gaplashgan barcha ayollar hayotni davom ettirishga eng kuchli turtki va tayanch farzandlari ekanini aytishadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG