Breaking News

Harbiy to'ntarish yuz bergan Nigerni nimalar kutmoqda?


Nigerda harbiy xunta tarafdorlari
Nigerda harbiy xunta tarafdorlari

G’arbiy Afrika mamlakatlarini birlashtirgan EKOVAS regional blokining harbiy liderlari Ganada to’plangan. 17-18-avgust kunlariga mo’ljallangan sammit kun tartibiga harbiy to’ntarish yuz bergan Nigerga qo’shin kiritish masalasi qo’yilgan.

EKOVAS mamlakatlari o’tgan oy hokimiyati harbiylar tomonidan egallab olingan Nigerda demokratiyani qayta tiklash tarafdori.

Xalqaro hayot - 17-avgust, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:50 0:00

Qo’shni mamlakatlarning harbiy liderlari Niger harbiy xunatsiga bergan muxlat nihoyasiga yetmoqda. Harbiylar prezident Muhammad Bazumni ozod etish va uning rahbarlik vakolatlarini tiklashga doir shartlarni bajarish niyatida emas. Aks holda, masala harbiy intervensiya yo’li bilan hal etilishini bildirgan blok endi navbatdagi qaror qanday bo’lishini muhokama qilmoqda.

Niger prezidenti Bazum rafiqasi va o’g’li bilan birga mamlakat poytaxtida uy qamog’ida qolmoqda.

EKOVAS o’tgan hafta Nigerda konstitutsion tuzumni tiklash maqsadida harbiylarni shay holatga keltirgan. Nigerga chindan ham qo’shin kiritilishi hozircha noma’lum. Nigeriya, Kot-d’Ivuar, Senegal va Benindan bir necha ming askarlik qo’shin jalb etilishi ehtimoldan holi emas.

Biroq EKOVAS harbiy to’ntarishlarni nazorat qilish va ularga qarshi amaliy chora ko’rish borasida arzirli muvaffaqiyatga erishmagan. Xususan, qo’shni Burkina-Faso va Malida so’nggi uch yil ichida ikkitadan to’ntarish amalga oshirilgan.

Harbiy intevensiya bilan javob qilishini bildirgan EKOVAS allaqachon Nigerga keskin iqtisodiy sanksiyalar joriy qilgan va qatnovlarni to’xtatib qo’ygan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG