Breaking News

Shvetsiya armiyasi NATOga qanday hissa qo'sha oladi?


Shvetsiya a’zoligi NATOga nima beradi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:04 0:00

NATOning so’nggi sammitida erishilgan kelishuvlar Shvetsiyaning alyansga qo’shilish arizasi yaqin orada ma'qullanishiga ishora qilmoqda.

Shvetsiya qudrati ramziga aylangan suv osti kemalari Boltiq dengizining Rossiya va NATO uchun o’ta muhim havzasini qo’riqlaydi.

“Bu dengizni cheklangan, chalkash, bahsli, tiqilinch va betartib deb ataymiz”, - deydi Fredrik Linden, Shvetsiya suv osti kemalari 1-floti komandiri.

Toshloq va chuqurligi taxminan 60 metr keladigan bu havza Rossiya flotining katta qismi va butun AQSh harbiy dengiz floti tarkibidagi suv osti kemalari uchun juda sayoz.

“AQSh suv osti kemalari chuqurroq sho’ng’iydi, odatda atom energiyasidan quvvatlanadi. Sokin yurib og’ir yuk ko'taradi. Ko'pincha yadro qurolini olib yuradi. Shvedlarniki geografik joylashuviga ko'proq moslashgan, kichikroq va sayoz joylarda suza oladi. Shunigdek, shvedlar bu havzani mukammal bilishadi”, - deydi Kurt Volker, AQShning NATOdagi sobiq elchisi.

Shved suv osti kemalari bir asrdan buyon Boltiq dengizini kezadi va shvedlar qo’shnilari bilan solishtirganda suv ostida faolroq.

Shvetsiyaning uchta ilg'or “Gotland” toifasidagi suv osti kemalariga shu o'n yillik yakunida ikkita yangi avlod A26 suv osti kemalari qo'shiladi. Ular hozirgacha qurilgan eng ilg'or, yadro quroli bo'lmagan suv osti kemalaridir.

“Beshta suv osti kemasi raqibingiz harakatlarini cheklashni yengillashtiradi albatta”, - deydi Linden.

Raqib esa - Rossiya. Shvetsiya NATOga rasman a'zo bo'lgach, Rossiyaning ikkinchi yirik shahri Sankt-Peterburgga eltuvchi yagona yo’l dengizning alyans nazoratidagi torgina hududidan o’tadi.

“Bu chindan ham strategik shaharga olib boradigan juda muhim suv yo’li”, - deydi Kurt Volker.

Shvetsiyaning bildirishicha, uning yangi avlod suv osti kemalari quvurlar va dengiz tubidagi boshqa muhim infratuzilmani himoya qilishga yaxshiroq moslashtirilgan. Bu masala o’tgan yili “Shimoliy oqim” quvurlari portlatilganda o’rtaga chiqqan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG