Breaking News

Polsha armiyadagi askarlar sonini oshirmoqda


Polsha armiyasi sonini 300 mingga yetkazmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:54 0:00

Rossiyaning Ukrainaga bosqini minglab polyaklarni ko’ngilli tarzda armiya safiga qo’shilishiga turtki berdi. Professorlar, jurnalistlar, biznesmen va talabalar – turli ijtimoiy qatlam vakillari bo’lgan bu odamlar Polsha Hududiy mudofaa kuchlari safiga qo‘shilmoqda.

Hududiy mudofaa tizimi Polsha armiyasidagi beshinchi eng yosh harbiy bo’linma. Rossiyaning Ukrainaga boshlagan urushi ortidan harbiy xizmatga keluvchilar oqimi keskin oshdi.

“Ukrainadagi urushda hududiy mudofaa tizimi muhim ahamiyat kasb etdi. Shunday ekan, nega biz ham bundan foydalanmasligimiz kerak? ” - deydi Hududiy mudofaa kuchlari kaprali Olga Kravchik-Majeren.

Hududiy mudofaa kuchlari podpolkovnigi Gjegors Podolshanskiy ham polyaklarda harbiy malaka olishga ishtiyoq oshganini ta’kidlaydi.

“Bu yil biz 800 ta askar olishni, o´qitishni rejalagan edik. Lekin iyun oyiga borib bizning safga qo´shilmoqchi bo´lgan 200 nafar ko’ngillilar to´planib qoldi, sharqiy chegaralarimizda nimalar bo’layotganidan kelib chiqib, mashg‘ulot o’tayotganlar sonini yana 200 kishiga oshirdik. Bu yilgi maqsadimiz 1100 ta askarni tayyorlash”, - deydi Podolshanskiy.

Hududiy mudofaaga qo’shilayotganlarga asosiy talab Polsha fuqarosi bo’lish, 18 yoshdan kichik bo`lmaslik.

Sebastian Nikityuk 19 yoshda, u yozni mashg’ulotlar bilan o’tkazishga qaror qildi.

“Men hozir ta´tildaman. Maktabda yana bir yil o’qishim kerak. O’qishni bitirganimdan so`ng kiberxavfsizlik bilan shug’ullanuvchi harbiy mutaxassis bo’lmoqchiman”, - deydi u.

Nikityuk 16 kunlik mashg´ulotlar ortidan Mazvetskiy polkida o`qish uchun kirish imtihonlariga hozirlanayotgan 80 nafar ko’ngillilardan biri. Sinov imtihonlari otishdan tortib, birinchi yordam ko’rsatishgacha bo’lgan 9 yo´nalishda olinadi.

Yana bir ko’ngilli, yuk mashinasi haydovchisi Kamil Stshalkovski imtihondan o’tishiga ishonchi komil.

“Jismoniy mashgu’lotlar qiyin, ayniqsa, shug’ullanmagan odamlar uchun. Lekin 35 yoshda bo’lishimga qaramasdan men buni uddalayman”, - deydi u.

Ko’ngillilardan o’z ishini tashlash talab qilinmaydi. Hududiy mudofaa tizimi harbiy va fuqarolik hayot tarzini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Askarlarda shtatda yoki qisman xizmat qilish tanlovi bor.

“Ulardan har oyda ikki kunga qismga kelish, mashg’ulotlarni o’tash talab qilinadi. Boshqa vaqtda esa ular o´zlari xohlagan yashash tarzini davom ettirishlari mumkin. Biz hamisha chaqiruvga shay turishimiz kerak”, - deb tushuntiradi Hududiy mudofaa kuchlari kaprali Olga Kravchik- Majeren.

Kravchik-Majerenning o’zi ham to´rt yil davomida harbiy majburiyatni televedineyedagi ishi bilan muvofiqlashtirib kelgan. Hududiy mudofaaga qo‘shilish, ayniqsa, chegaradagi so’nggi vaziyat va Ukrainadagi urushdan kelib chiqilsa, uning uchun eng maqbul qaror bo’lgan.

“Men hammasiga tayyorman, harbiy tajribam bor, bu o’zimni xavfsiz sezishga yordam beradi. Men uchun turli vaziyatlarga shay turish, ularni bartaraf etishga qodirligimni bilish muhim”, - deydi Kravchik-Majeren.

Ayni paytda hududiy mudofaada 37 ming askar xizmat qiladi. Ularning 90 foizi qisman xizmatda. Rahbarlarning aytishicha, maqsad bir necha yil davomida soldatlar sonini 50 mingga chiqarish. Polsha 2035-yilga borib armiyadagi harbiylar sonini umumiy hisobda 300 mingga yetkazishni rejalagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG