Breaking News

23 yil AQShda yashagan pandalar Xitoyga qaytariladi


Panda diplomatiyasi: AQShda 23 yil yashagan pandalar Xitoyga qaytmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:46 0:00

Vashingtondagi Smitson milliy hayvonot bog'ida 23 yildan beri yashab kelayotgan ulkan pandalar shu yil oxirigacha Xitoyga qaytadi.

Sing-Sing va Ling-Ling pandalari Qo'shma Shtatlarga 1972-yilda olib kelingan. Xitoyning bu noyob sovg'asi o'sha paytdagi AQSh Prezidenti Richard Nikson va birinchi xonim Pet Nikson Sharqiy Osiyo davlatiga uyushtirgan tarixiy davlat tashrifi paytida berilgan edi.

"Bu Xitoy haqida iliq taassurot uyg’otdi. U Tibet yoki Shinjonda inson huquqlarini toptovchi Xitoyga oid taassurotlardan farqli edi", - deydi Jorjtaun universiteti tadqiqotchisi Dennis Uailder.

1984-yilda yirik panda yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvon deb e’lon qilingach, Pekin ularni sovg‘a qilish o‘rniga ijaraga berishni boshladi. Qiymati 10 million dollargacha bo'lgan o'n yillik shartnomalar tuzildi.

“Ular Xitoyda hayvonlarni saqlab qolishga yordamlashish maqsadida pandalar uchun haq olishga qaror qilishdi. Hayvonot bog'lari to'lashga tayyor edi, chunki pandalar odamni eng ko’p jalb qiladigan jonivor”, - deydi ekspert.

Keyinroq bir necha bor uzaytirilgan mana shunday kelishuvlardan biriga ko'ra, panda juftligi Mei Men Shon va Tien Tien 2000-yil dekabr oyidan boshlab, Vashingtondagi Smitsonian milliy hayvonot bog'ida yashay boshladi. Ular AQShni o’zlarining vaqtinchalik uyiga aylantirgan yagona pandalar emas.

Vashington hayvonot bog'ida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00

"Atlanta hayvonot bog'ida ham shunday juftlik bor edi. Memfis va San-Diego pandalari allaqachon Xitoyga qaytib ketishgan”, - deydi Pekindagi AQSh elchixonasi vakili Debora Seligson.

Vashingtonda joylashgan yirik pandalar va ularning bolalari ham shu yil oxirigacha Xitoyga jo'nab ketishi kutilmoqda.

AQSh va Xitoy o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlikka oid keskinlik kelishuvlarning uzaytirilmasligiga sabab bo’lishi mumkinligi haqida taxminlar bor.

"Amerikalik olimlar ushbu masalalar bo'yicha xitoylik olimlar bilan muloqot qilishga tayyor va unga siyosatni aralashtirmaslikni istaydi. Ammo, afsuski, Xitoy tizimi ilm-fanni siyosatdan tashqarida saqlashi juda qiyin", - deydi Uaylder.

Xitoy rasmiylari "Amerika Ovozi"ning izoh so'rab qilgan murojaatlariga javob bermadi.

Ba'zi tahlilchilar fikricha, AQSh hayvonot bog'larida naslchilik va tabiatni muhofaza qilish bo’yicha erishilgan muvaffaqiyatlarni e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Hayvonot bog'lari "yo'qolib ketish xavfi ostidagi" turlarni "xavfga moyil" darajaga yaxshilay oldi.

"Lekin jamoatchilik hayvonot bog'lari hayvonlarni yovvoyi tabiatda asrash joyi emasligini, ularni boqish va ko'paytirish, qanday himoya qilish masalasi boshqacha ko’rib chiqilishi kerakligini tushunadigan payt keldi", - deydi Debora Seligson.

Smitson milliy hayvonot bog'i Vashingtonda pandalar bilan xayrlashishga bag’ishlangan qator tadbirlar o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Atlanta hayvonot bog'i ham o'zining to'rtta yirik pandasi 2024-yilda Xitoyga qaytishini e'lon qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG