Breaking News

O'zbekistonda qo'shxotinlik va niqob uchun jazo belgilandi


O'zbekistonda islomiylashish qo'shxotinlikni kuchaytirgani kuzatiladi
O'zbekistonda islomiylashish qo'shxotinlikni kuchaytirgani kuzatiladi

O'zbekistonda kuni kecha kuchga kirgan qonunga ko'ra, ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash yoki shunday hayotni targ‘ib qilish jazolanishi kerak.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-oktabr kuni imzo chekkan hujjat, Adliya vazirligining e'lon qilishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi o'zgarishlarni kiritgan:

- Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 15 baravaridan 30 baravarigacha (4 million 950 ming so‘mdan 9 million 900 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

- Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek, bunday xatti-harakatlarni rag‘batlantirish BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (4 million 950 ming so‘mdan 9 million 900 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

- Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 million 300 ming so‘mdan 4 million 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

- Tibbiy ko‘rsatmaga asosan yoki yo‘l-transport harakatida xavfsizlikni ta’minlash uchun kiyiladigan maxsus bosh kiyimda yoxud mehnat va xizmat faoliyati bilan bog‘liq hollarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish yoki sport va madaniy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida ushbu tadbirlar ishtirokchilarining yuzini to‘sgan holda bo‘lishi, shuningdek, qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish bundan mustasno.

- Jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish, shu jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, xuddi shuningdek bunday xatti-harakatlarni omma oldida oqlash va (yoki) rag‘batlantirish BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 million 300 ming so‘mdan 6 million 600 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG