Breaking News

AQSh qishloq xo'jaligiga robotlar kirib kelmoqda


Yangi texnologiyalar: qishloq xo'jaligining kelajagi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:06 0:00

AQShning o'rta g'arbiy shtatlarida fermerlar qishloq xo’jaligida avtonom texnologiyalardan foydalanmoqda. Maqsad xarajatlarni kamaytirish va hosil samaradorligini oshirish.

Dennis Boumenning qo’lida dehqonchilikning kelajagini ko’rish mumkin.

U masofadan boshqarish pultlari yordamida Illinoys universiteti qoshidagi Raqamli qishloq xo‘jaligi markazida yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazmoqda. Havodan o'g'it purkovchi dron va urug’ ekuvchi robot ana shunday texnologiyalarning ayrimlari.

Ammo fermerlarni yangi texnologiyalarga o’rgatish oson emas.

“Texnologiya haqida xavotirlar bor. Lekin u ishga qo’l kelishini ko'rsata olsangiz, katta qiziqish uyg'otadi", - deydi olim.

Illinoys shtatida o'zi yoki asosan oilasi yordamida fermer xo'jaligini boshqaradigan Brayn Korkill uchun bu yaxshi imkoniyat.

"Ish kuchi kam bo'lgan paytda u katta yordam bo'ladi", - deydi dehqon.

Ekinlariga o'g'it purkash uchun drondan yoki makkajo'xori qatorlari orasiga urug’ qadaydigan robotdan foydalanish orqali u ko’p vaqt tejashi mumkin.

AQSh fermerlari o'zlariga dastyor texnologiya izlamoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:58 0:00

Shunga qaramay, Korkil hali yangi texnologiyani tatbiq etgani yo’q.

“Buning bir qismi xarajat bilan bog’liq. Garchi avtonom bo'lsa ham, sizda uni kuzatadigan odam bo'lishi kerak", - deydi u.

Boumenning aytishicha, avtonom texnologiyani sun'iy intellekt bilan integratsiya qilish Korkil kabi fermerlarni ishontirishning kaliti bo'lishi mumkin.

"Sun’iy intelekt yaxshiroq qarorlar qabul qilishimiz uchun ma'lumotlarni tahlil qila oladigan aqlli tizimni taqdim etadi”, - deydi u.

Boumenning ta'kidlashicha, bu tizim nafaqat fermerlarga, balki global qishloq xo'jaligini rivojlantirishga yordam beradi.

"Aholi soni ko'payib, dehqonchilik yerlari soni ortib borar ekan, dunyoni ko'proq oziqlantirish uchun ishlab chiqarish va samaradorlikni oshirishimiz kerak", - deydi mutaxassis.

Global avtonom qishloq xo'jaligi uskunalari bozori hozirda 100 milliard dollardan oshadi va o'sib bormoqda. Talabning qariyb 30 foizi AQSh hissasiga to’g’ri keladi va kelgusi besh yil ichida u yanada oshishi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG