Breaking News

Butunjahon iqlim anjumanida jamg'arma tuzishga kelishib olindi


Neft va gazning yirik eksportchisi, Birlashgan Arab Amirliklarida, Dubay shahrida butunjahon iqlim anjumani o’tmoqda. Sammitda qariyb 200 davlatdan vakillar qatnashyapti.

Olimlarning aytishicha, delegatlar kelgusi olti yil ichida zararli gazlarni atmosferaga chiqarishni 43 foizga kamaytirish yo’lini topishi zarur. Global isish 1,5 darajadan oshmasligini, bu halokatli o’zgarishlarga olib kelmasligini ta’minlash shuni taqozo etadi.

Muzokaralar markazida yotgan asosiy masala bu – qazib olinadigan yoqilg’idan foydalanishdir.

Bu yilgi anjuman raisi, Birlashgan Arab Amirliklari milliy neft kompaniyasi rahbari Sulton Al-Jobir an’anaviy yoqilg’idan bosqichma-bosqich voz kechish haqida so’zladi.

“Yo’limizni rejalar ekanmiz, qazib olinadigan yoqilg’i rolini chetga sura olmaymiz. Qo’shma bayonotda bu resurslar va qayta tiklanuvchi manbalar haqida nima deyish to’g’risida, bilaman, bahsli qarashlar mavjud. Birgalikda misli ko’rilmagan ishlar qila olamiz. Noan’anaviy yo’ldan borishdan boshqa ilojimiz yo’q. Barchangizdan birgalikda ishlashni so’rayman”, - deydi Al-Jobir.

Xalqaro hayot – 1-dekabr, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:53 0:00

Uning nutqini ekologik guruhlar va faollar qoralab chiqdi.

“Bosqichma-bosqich degan gaplar shunchaki bahona. Asl maqsad neft va gaz ishlab chiqarishni oshirishdir”, - deydi “Climate Analytics” nohukumat tashkiloti rahbari Bill Heyr.

Faollarning aytishicha, iqlim o’zgarishiga qarshi kurashda kichik qadamlar yetarli emas. Ammo boshqa bir jabhada progress bor.

Hukumatlar qurg’oqchilik, suv toshqinlari va dengiz sathi ko’tarilishi kabi iqlim o’zgarishi oqibatlaridan jabr ko’rayotgan kambag’al davlatlar uchun 420 million dollarlik jamg’arma tuzishga kelishib oldi.

“Sammitning ilk kunidayoq bu masala ovozga qo’yilgani va qabul qilinganidan xursandmiz”, - deydi AQSh vakili Jon Kerri.

Birlashgan Arab Amirliklari va Germaniya 100 million dollardan, Britaniya 75 million dollar, AQSh 17 million dollar ajratishini bildirdi.

“Bu rivojlanayotgan mamlakatlarga oldinga qadam qo’yish uchun ishonch beradi”, - deydi BMTning iqlim bo’yicha sobiq strategi Tom Rivet-Karnak.

Delegatlar ikki haftalik anjumanda keng qamrovli kelishuvlar e’lon qilinishiga umid qilmoqda, xususan qazilma yoqilg’i kelajagi bo’yicha.

XS
SM
MD
LG