Breaking News

Jorj Vashington Rojdestvoni qanday nishonlagan?


Jorj Vashingtonning tarixiy uyiga sayohat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00

18-asrda amerikaliklar bayramlarni qanday nishonlangani haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Biz Amerikaning birinchi prezidenti Jorj Vashingtonning tarixiy uyi – Maunt-Vernonga tashrif buyuramiz. Mamlakatning eng ko'p tashrif buyuriladigan joylaridan biri bo'lgan ushbu maskanda 1770-yillardagi bayram an'analari haligacha saqlanib qolgan.

Dekabr oqshomida, quyosh Maunt-Vernon xonadoni orqasiga botar ekan, Amerikaning birinchi prezidenti, general Jorj Vashington o'z uyida bayram mehmonlarini kutib olishga hozirlanmoqda.

18-asrga oid Virjiniya qiyofasini aks ettiruvchi bu uy mutaxassislar tomonidan asrab kelinadi. Bu yerda birinchi prezident va birinchi xonim ta'til paytida oilasi bilan vaqt o'tkazgan.

"Siz turli kiyimdagi mehmonlarni, qahramonlarni uchratasiz. Ular 1773-yil voqealari, o’sha davrga oid bilganlari haqida gapiradi. Biz buni Amerika Qo'shma Shtatlarining 250 yilligi munosabati bilan qilyapmiz", - deydi tarixiy uyning jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha direktori Juli Almasi.

Prezident va uning oilasi, do'stlari va xodimlarini tasvirlaydigan qahramonlar o'tmishdagi Rojdestvo voqealarini jonlantirmoqda.

"Maunt-Vernonda bo'lish va 18-asrdagidek kiyinish juda ajoyib", - deydi aktyorlardan biri Luan Cherri.

Amerikaga sayohat: Maunt Vernon
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:39 0:00

Mehmonlar qishki bozorga tashrif buyurishlari mumkin. Bu yerda sotuvchilar turli mahsulot va hunarmandchilik buyumlarini sotadi. Vashington o'z mehmonlari vaqtichog’ligi uchun olib kelgan "Aladdin" nomli tuyani ham ko'rish mumkin.

"Sizda bunday imkoniyat kam bo’ladi. Siz kitoblardan o'sha paytda sodir bo'lgan voqealarning tavsiflarini o'qishingiz mumkin, lekin uning bir qismini bu kabi yashay olmaysiz", - deydi yana bir aktyor Jastin Cherri.

Tashrif buyuruvchilar, odatda, quyosh botishidan oldin yopiladigan saroyni kechqurun ko'ra olmaydi. Ammo bayram mavsumida maxsus tungi tadbirlar tashkil qilinadi.

"Bu yerda ikkinchi marta bo'lishimiz. Rojdestvo bayramini ko'rib, bu yerdagi mushakbozlik, bayramona muhit bizni rosa quvontiradi. Rojdestvo muborak!", - deydi tashrif buyurganlardan biri

Kecha Jorj va Marta Vashingtonning mavsumiy tabrigi va ajoyib mushakbozlik bilan yakunlanadi.

“Mamlakatim uchun umidim shuki, vatandoshlarimiz o’zlarining amerikalik ekanligini va xalq hukumatida sherik sifatida ishtirok etishlarini yodda tutishlari hamda hammamiz bir-birimizni yagona ittifoqning bir qismi deb hisoblasak, muvaffaqiyat qozonishimizni bilishlari kerak", - deydi Jorj Vashington qiyofasini yaratgan aktyor.

Maunt-Vernon yiliga 365 kun, jumladan, Rojdestvo kuni ham ochiq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG