Breaking News

Nega amerikaliklar Kaliforniyani tark etyapti?


Kaliforniyani tark etayotgan amerikaliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:58 0:00

AQShning aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilda 8 milliondan ortiq amerikalik mamlakat ichida boshqa hududga ko’chgan. O'n minglab odam Kaliforniyani tark etgan bo’lsa, Florida 22 million aholini qabul qilib, aholisi eng tez o'sayotgan shtatga aylandi.

Jon Gabin 2001-yilda Kaliforniyaga ko'chib o'tgan. Bugun u Gollivud bulvarida sayyohlik agentligiga ega. U turlar tashkil qiladi; sayyohlarni Los-Anjeles bo'ylab aylantirib, mashhurlar uylariga olib boradi.

"Men Fransiya janubidanman, Amerika orzusida yashashni xohlaganman. Shuning uchun Kaliforniyaga bordim", - deydi u.

Ammo bu yerdan ko’chib ketayotganlar bor, deydi Gabin. Uning ba'zi do'stlari ham shular qatorida.

“Yashash narxi keskin o’syapti; odamlar bunga dosh bera olmayapti", - deydi Gabin.

AQShning aholini ro'yxatga olish ma'lumotiga ko'ra, 2022-yilda 800 000 dan ortiq odam Kaliforniyani tark etgan. Eng mashhur yo'nalish Texas - 100 000 ga yaqin kaliforniyalik shu yerdan boshpana topgan.

Dayan Rods Texasda yashaydi. Odamlar nima uchun bu yerda yashashni xohlashini tushunaman, deydi u.

"Bizda shtat solig'i yo'q, uy-joy Kaliforniya va boshqa ko'plab shtatlarga qaraganda ancha arzon", - deydi u.

Kaliforniyaga ko'chib o'tgan texasliklar ham bor, ammo ozroq. 2022-yilda taxminan 42 000 texaslik Kaliforniyaga ko’chgan.

Kaliforniya aholisi boshqa joyga ko’chayotgan yagona shtat emas. 2020-yilgi Kovid pandemiyasi ichki migratsiya kuchayishiga sabab bo’ldi, deydi ekspertlar.

“Pandemiya yashash joyimiz, ishimiz va butun umrimiz davomida qilmoqchi bo‘lgan ishlarimizni qanday tasavvur qilishimizga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu ko'pchiligimiz uchun yashab qolish inqirozi bo’ldi. Ko’pchilikda "boshqa narsani sinab ko'rmoqchiman" degan tasavvur paydo bo’ldi”, - deydi Kaliforniya universiteti professori Deyvid Kayl.
Aholini ro'yxatga olish ma'lumotiga ko'ra, 2022-yilda 8 milliondan ortiq amerikalik boshqa shtatga ko'chib, hayotini qayta boshlagan.

"Hozir odamlar qayer menga o’z qadriyatlarimga mos yashash imkonini beradi, degan savolni beryapti", - deydi Kayl.

74 ming kaliforniyalik Arizonani tanlagan, yana 50 000 nafari Floridani. Skott Storget Floridaga ko'chib o'tishga tayyorlanmoqda.

Ko'pchilik Kaliforniyani tark etayotgan bo'lsa-da, u hanuz eng ko'p aholiga ega shtat. Bu yerda 39 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Forum

XS
SM
MD
LG