Turkiyada mahalliy saylovlar bo’lib o’tmoqda. Prezident Rajab Toyib Erdog’anning partiyasi 2019-yilda muxolifatga boy berilgan Istanbul va Anqara shaharlari boshqaruvini qayta qo’lga kiritishga umid qilmoqda.
Saylov mamlakatda inflyatsiya 67 foizga yetgan bir manzarada o’tayapti. Erdog’an fuqarolardan faol bo’lishni so’ramoqda.