Breaking News

Ozarbayjon rahbari O'zbekistonda

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi 22-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Toshkentga yetib keldi.

Oliy martabali mehmon Haydar Aliyev va Mustaqillik yodgorliklari poyiga gulchambar qo'ydi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 23-avgust kuniga belgilangan.

Ikki mamlakat rahbarlari Toshkentda oliy darajali muzokaralar hamda Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisida qatnashadi.

Tadbirda O'zbekiston-Ozarbayjon yetakchilari strategik sheriklik va ko'p qirrali hamkorlik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalarini muhokama qiladi. Prezidentlar ikki mamlakatning biznes doiralari vakillari bilan uchrashadi.


XS
SM
MD
LG