Breaking News

Trampning Grenlandiya bo’yicha rejalari ba’zilarni xavotirga solmoqda


Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml AQShning Grenlandiyaga da’vosi bilan bog’liq vaziyatni kuzatayotganini bildirdi.

Xalqaro hayot - 13-yanvar, 2025-yil - Isroil va XAMAS otashkesim bo’yicha kelishuvga yaqin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:44 0:00

Bir haftadan so’ng AQShda prezidentlikka kirishayotgan Donald Tramp Grenlandiya xavfsizlik va iqtisodiy nuqtai nazardan uning mamlakati uchun muhim ekanini aytarkan, orolni Daniyadan olib qo’yishda harbiy yoki iqtisodiy choralarni ham hisobdan chiqargani yo’q.

“Arktika zonasi milliy va strategik manfaatlarimizga kiradi. Arktikada ishlayapmiz va ishlashda davom etamiz”, - dedi Peskov.

Tashqi aloqalar kengashi eksperti Liana Fiks tobora ko’p mamlakatlar Arktikaga qiziqish bildirayotganini aytadi.

"Bu harbiylashgan zonaga aylanib bormoqda. Arktikaga da’vo qilayotgan Rossiya Xitoy sohil chegarachilari bilan ham hamkorlik qilmoqda. Arktika yirik davlatlar raqobati zonasiga aylanmoqda. Qo’shma Shtatlar bu o’yinni boy berishidan xavotirda”, - deydi tahlilchji.

Daniya hukumati Grenlandiya sotilmasligini, AQSh bilan bu masalada chuqurroq hamkorlikka ochiq ekanini ta’kidlamoqda.

Yevropadagi ayrim mamlakatlar Trampning da’vosiga e’tiroz bildirmoqda.

“Yevropa Ittifoqi dunyodagi hech bir mamlakatga va xususan Rossiyaga suveren chegaralarini o’zgartirishga yo’l qo’ymaydi”, - deydi Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro.

“Har bir mamlakat – xoh bizdan sharqda bo’lsin, xoh g’arbda - chegaralar daxlsizligi tamoyiliga amal qilishi shart”, - deydi Germaniya Kansleri Olaf Shols.

Qisman muxtoriyatga ega Grenlandiya hukumati referendum o’tkazib, Daniyadan mustaqillik e’lon qilishni rejalamoqda.

“Mustaqillikka, o’z uyida yashashga intilishni dunyodagi barcha odamlar yaxshi tushunadi. Grenlandiyaning bu yo’nalishdagi kurashi yangi emas, kecha paydo bo’lgani yo’q. Biz daniyalik yoki amerikalik bo’lishni istamaymiz. Biz grenlandiyalik bo’lmoqchimiz. Grenlandiya kelajagini uning aholisi belgilaydi”, - dedi o’tgan hafta Daniya bosh vazirasi bilan uchrashgan Grenlandiya rahbari Mute Egede.

Orol neft, gaz va boshqa qazilma boyliklarga ega ekani aytiladi. Xususan 2023-yilda Yevropa Komissiyasi muhim xom-ashyo deb bilgan 34 ta mineraldan 25 tasi Grenlandiyada joylashgan.

Orol eksportining 95 foizi baliqchilikka to’g’ri keladi. Grenlandiyani nazorat qilayotgan Daniya uning ehtiyojlarini qoplash uchun yiliga bir milliard dollargacha pul sarflaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG