Breaking News

Ukrainada qolishga qaror qilgan o'zbekistonlik nimadan xavotirda?


Rossiya bosqini millionlab ukrainlar qatori bu mamlakatda yashayotgan o’zbeklar hayotini ham tahlikada qoldirdi. Minglab o’zbeklar, talabalar evakuatsiya qilindi, ammo urush vahimasiga qaramasdan hayotini Ukrainada davom ettirayotgan o’zbekistonliklar ham bor.

Jahongir Bozorboyev Ukrainada yashayotgan, urush ichidagi mamlakatda kelajak rejalarini tuzayotgan o‘zbekistonliklardan biri.

Uch yildan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi Jahongir Bozorboyev uchun ham og`ir kechdi. Urush uning hayot rejalarini buzdi.

Urishdan avval fermer xo’jaligi ochib, chorvachilik bilan shug’ullanishni maqsadi qilgan Jahongir bu rejalarini ortga surib, Ukraina qurolli kuchlari safiga qo‘shildi.

U ikki yilga yaqin Ukraina qurolli kuchlari safida, razvedka batalyonida xizmat qildi. Yaqinda uning ikkinchi farzandi tug’ildi; Ukraina Quroli kuchlari bilan shartnomasini to’xtatgan Jahongir o`zi yashagan Cherkass viloyatiga qaytdi.

Xizmatdan bo’shagan Jahongir urushdan avval rejalagan maqsadlarini amalga oshirish niyatida.

U urushdan avval Cherkass yaqinidagi qishloqdan chorvachilik bilan shug’ullanish uchun uy, yer sotib olgan edi. Ammo xizmatda ekan, yeri, uyi ham qarovsiz qoldi. Endi hammasini qaytadan boshlashi kerak.

Jahongir Ukrainaga sakkiz yillar avval kelgan, shu yerdan uylangan, turmush o’rtog’i ukrainalik, ikki nafar farzandi bor. Kichkinasi yaqinda tug’ildi, kattasi esa maktabga chiqdi.

Jahongir anchadan buyon Ukrainada yashayotganiga qaramasdan O`zbekistondagi jarayonlardan uzoqlashmagan, o`z qarashlarini ijtimoiy tarmoq orqali bildirib keladi.

Ta’kidlashicha, Ukraina va O’zbekistondagi jamoatchilikni o’zaro solishtirish, erkinlikka erishishda jamoatchilik faolligi o`ta muhim ahamiyat kasb etishi haqidagi xulosalarga olib kelgan.

Ukrainada yashayotgan Bozorboyevni o`zbek tili jonkuyarlaridan biri deyish mumkin. U O´zbekistonda ona tiliga bo`layotgan munosabatni jamiyatdagi og’riqli muammolar qatorida qayd etadi, til masalasi Ukraina misolidagi kabi Rossiya qo`lidagi dastakka aylanishi mumkinligidan ogohlantiradi.

Uning Ukrainadagi hayoti aks etgan lavhani quyida tomosha qiling.

Ukrainada yashayotgan o'zbekistonlik hayoti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:49 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG