Breaking News

AQShda aviahalokat, o'nlab odam nobud bo'lgan


Potomak daryosida qidiruv ishlari avjida, 30-yanvar, 2025
Potomak daryosida qidiruv ishlari avjida, 30-yanvar, 2025

Poytaxt Vashington yaqinida 60 yo’lovchi va to'rt ekipaj xodimi bilan qo’nish arafasida bo’lgan samolyot uch zobitli harbiy vertolyot bilan to‘qnashgan.

Voqea 29-yanvar kuni tunda, mahalliy vaqt bilan 21:00 atrofida Potomak daryosi ustida yuz bergan.

Hozirgacha 27 jasad topilgan. Hech kim tirik qolmagan, deb xulosa qilinmoqda.

AQShda yo'lovchi samolyot va harbiy vertolyot to'qnashgan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00

Samolyot qo’nishi kerak bo’lgan Ronald Reygan milliy aeroporti Virjiniya shtati hududida joylashgan, poytaxtga tutash.

Yo'lovchi samolyot "American Airlines" aviakompaniyasiga tegishli, Kanzas shtatidan uchib kelayotgan edi.

Vertolyot esa harbiy trening uchun qo'llanilayotgan bo'lgan.

Mutasaddilarga ko'ra, asosiy e'tibor qidiruv ishlarida.

Federal Aviatsiya agentligi va Pentagon halokat sabablarini tekshirmoqda.

Prezident Tramp halok bo’lganlarning oilalarida hamdardligini aytgan. U aeroport boshqaruvi va barcha tegishli tomonlar va organlarni savolga tutmoqda. Tramp, shunindek, bu halokatda oldingi ma'muriyatni ayblamoqda. Prezident deydiki, Barak Obama va Jo Bayden rahbarligi davrida tizimda javobgarlik va mas'uliyat hissi tushib ketgan.

Trampning tanqidchilari hozirgi har qanday voqea va jarayon uchun hozirgi hukumat javob berishi lozim, deya bong urmoqda.

Ronald Reygan milliy aeroporti Virjiniya shtatida hududida, Potomak daryosi bo'yida joylashgan, poytaxt Vashingtonga yaqin
Ronald Reygan milliy aeroporti Virjiniya shtatida hududida, Potomak daryosi bo'yida joylashgan, poytaxt Vashingtonga yaqin

Halokat joyida suv 2,5 metrcha chuqur ekani ma'lum.

Kanzasdan senator Rojer Marshall o'lganlarning oilalari bilan aloqada ekanini aytib, "har bir jon bebaho", degan.

Samolyotdagi yo'lovchilar orasida sportchilar ham bo'lgan, xususan muzda uchuvchilar.

To'qnashuv paytida samolyot 120 metr balandlikda bo'lgan.

Ronald Reygan aeroportidan butun Vashington ko'rinadi
Ronald Reygan aeroportidan butun Vashington ko'rinadi
Mutasaddilarga ko'ra, asosiy e'tibor qidiruv ishlarida.
Mutasaddilarga ko'ra, asosiy e'tibor qidiruv ishlarida.

"Qidiruv va qutqaruv davom etmoqda, jabrlanganlar va halok bo'lganlarning oilalari bilan birgamiz", - deya bildirgan Mudofaa vaziri Pit Xegset.

"American Airlines" aviakompaniyasi rahbari Robert Isom komandasi bilan voqea joyida ekanini aytgan.

"Biz uchun o'ta og'ir damlar. Yo'lovchilar va xodimlarimiz biz uchun har narsadan ustun", - degan Isom.

AQShda yo'lovchi samolyotli oxirgi marta 2009-yilda Nyu-York shtatining Baffalo shahrida ro'y bergan edi.

O’zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev AQShda 67 kishini hayotdan olib ketgan aviahalokat yuzasidan Prezident Donald Trampga ta’ziya maktubi yo‘llagan.

Prezident Mirziyoyev “marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Amerika xalqiga chuqur hamdardlik”izhor etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG