Breaking News

Tramp Meksikaga tariflarni bir oyga qoldirdi


AQSh Prezidenti Donald Tramp o’tgan shanba Kanada, Meksika va Xitoyga tarif joriy etish haqida imzolagan farmon 4-fevral kuni kuchga kiradi. Bu uch mamlakat javob choralari haqida do’q-po’pisa qilarkan, AQSh bilan muloqotga tayyor ekanini bildirishyapti.

Xalqaro hayot - 3-fevral, 2025-yil - Tramp ma’muriyati Xalqaro taraqqiyot agentligini yopmoqchimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:49 0:00

Tramp bu mamlakatlarni fentanil narkotik moddasi va noqonuniy migrantlarning AQShga oqimiga yetarlicha to’siq qo’ymayotganlikda ayblayapti.

“Bu mamlakatlarda AQSh prezidentining gapiga ko’nib, noqonuniy immigratsiya muammosini hal qilish, mamlakatimizga noqonuniy kirgan fuqarolarini qaytib olishda biz bilan hamkorlik qilish imkoni bor”, - deydi Ichki xavfsizlik vazirasi Kristi Noem.

Tahlilchilar tariflar AQSh bu mamlakatlardan xarid qilayotgan meva va sabzavotga hamda avtomobil uchun ehtiyot qismlarga narxlarning ko’tarilishiga olib kelishi haqida ogohlantirmoqda.

Kanada Bosh vaziri Jastin Trudo agar Tramp tariflari kuchga kirsa, Kanadaga kirayotgan AQSh mollariga 25 foizlik bojxona soliqlari qo’yilishini bildirdi. Trudo ikki tomonlama hamkorlikka umid qilmoqda.

Tramp o’z ijtimoiy sahifasida Kanadadan AQShga hech narsa kerak emasligini aytgan holda bu mamlakatga Qo’shma Shtatlarning 51-shtati sifatida qo’shilishni yana bir bor taklif etdi.

Xitoy AQSh tariflari yuzasidan Jahon savdo tashkilotiga shikoyat qilishini bildirarkan, Pekin aynan qanday javob choralari qo’llashi haqida ma’lum qilmadi.

Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum Amerika tariflariga jim qarab turmasligini aytib, javob tariflari joriy etishni buyurdi.

Sheynbaum muloqotni to’qnashuvdan afzal ko’rishini ma’lum qildi. U Oq uyning Meksika hukumati va narkokartellarning tili bir degan da’vosini haqorat deya qabul qildi.

Meksika rahbari o’tgan yil oktabridan beri fentanilning 20 millionta dozasi hamda uning kontrabandasi bilan shug’ullanuvchi 10 mingdan ziyod odam qo’lga tushirilganini bildirdi.

Dushanba kuni Tramp Sheynbaum bilan telefonda gaplashganini, Meksika rahbari noqonuniy migrantlar va qoradori oqimiga qarshi kurash uchun Meksikaning AQSh bilan chegarasiga 10 ming askar yo’llashga rozi bo’lganini ma’lum qildi. Sheynbaum Tramp bilan muloqotni tasdiqlab, Tramp tariflarni bir oyga qoldirishga rozi bo’lganini aytdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG