Breaking News

Tramp chiplarni Amerikada ishlab chiqarishni kuchaytirmoqchi


AQSh Prezidenti Donald Tramp hukumatning yarimo’tkazgichlar ishlab chiqarishni subsidiyalash dasturini tugatishga chaqirmoqda. Ushbu qonun sobiq prezident Jo Bayden qabul qilingan edi.

Xalqaro hayot - 7-mart, 2025-yil - Yevropa mudofaaga xarajatlarni oshirmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:36 0:00


Kongressda har ikki palata qonunchilariga murojaat qilgan AQSh Prezidenti Donald Tramp yarimo’tkazgichlarga doir qonunni tanqid qildi.

“Qonun juda yomon. Yuzlab milliard dollar to’lab, bir foyda ko’rmaymiz”, - dedi AQSh rahbari.

Tramp sobiq prezident Jo Bayden paytida yarimo’tkazgichlarni ishlab chiqarish va tadqiqot qilishga salkam 53 milliard dollar sarflashni ko’zda tutgan hujjatni nazarda tutmoqda.

AQShning xorijiy yarimo’tkazgichlarga tobeligidan tashvishlangan Kongress 2022-yilda qonun loyihasini qabul qildi.

Chiplar avtomobillar, kompyuterlar, zamonaviy qurol tizimlari, iPhone lar ishlab chiqarishda muhim komponentdir.

AQSh kompaniyalari ularni asosan Tayvan yarimo’tkazgichlar ishlab chiqarish kompaniyasi yoki TSMC dan oladi.

Chiplar haqidagi qonun ularni AQShning o’zida ishlab chiqarishni kuchaytirish, kompaniyalarni Amerikada bunday zavodlar qurishga undashni maqsad qiladi.

Qonun doirasida TSMC ga 6,6 milliard dollar ajratildi, kompaniya Arizona shtatida uchta korxona qurishga 65 milliard dollar sarmoya qilish majburiyatini oldi.

Prezidentlikka qaytgan Donald Tramp ichki ishlab chiqarishni kuchaytirish maqsadida tariflar siyosatini joriy eta boshladi, import qilinayotgan chiplarga soliq solinishini, yarimo’tkazgichlar haqida qonun ishlamayotganini aytdi.

“Jo, ularda puldan boshqa hech narsa yo’q. Ammo ularga pul kerak emas. Ularga imtiyoz kerak. Ya’ni 25, 50 yoki hatto 100 foizlik soliq to’lamasligi haqida imtiyoz”, - deydi Tramp.

3-mart kuni Amerika rahbari Tayvanning TSMC kompaniyasi kelasi to’rt yilda AQShda sun’iy idrok va smartfonlar uchun kerakli yuqori sifatli chiplar ishlab chiqaradigan yangi korxonalar qurish uchun qo’shimcha 100 milliard dollar ajratishi haqida e’lon qildi.

"Ularga pul bermaymiz”, - dedi Tramp.

Prezident Kongressdan chiplar haqidagi qonunni bekor qilishga, sarflanib ulgurmagan pulni esa davlat qarzini yopishga ishlatishga chaqirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG