Breaking News

Eronning sobiq prezidenti marhum Rim Papasini maqtadi


Eronning sobiq prezidenti Akbar Hoshimiy Rafsanjoni jahon katolik cherkovini o'tgan 26 yil ichida boshqarib kelgan, marhum Rim Papasi Jon Pol Ikkinchini tinchliksevar inson edi, deya maqtab, nasroniy dunyosiga ta'ziya izhor etdi.

Tehronda juma namozidan keyin so'zlar ekan, Rafsanjoni papani AQSh boshchiligidagi kuchlarning Iroqqa kirishiga qarshi chiqqanini va uning, Amerika askarlari tomonidan Iroqdagi Abu-G'arib qamoqxonasida olib borilgan qiynoqlarni qoralaganini ijobiy baholadi.

"Axir Vatikan Iso Masih nomini bulg'ovchi AQSh siyosatiga nisbatan ko'z yumishi mumkin-mi?" - so'radi Rajsanjoni.

Eronning amaldagi prezidenti Mohammad Xotami Rimda Jon Polni dafn etish marosimida ishtirok etdi.

XS
SM
MD
LG