Breaking News

Yo'qolgan AQSh harbiylarini qidiruv ishlari davom etmoqda


Afg'onistonning sharqiy qismida bir haftadan beri dom-darak yo'qolgan kichik guruhdagi AQSh qo'shinlarining qidiruvi davom etmoqda. AQSh harbiy qo'mondonligining Qobuldagi vakili yo'qolgan guruhdan bir askar topilgani haqidagi xabarni tasdiqlashni rad etdi. U, shuningdek, havodan bombardirovka natijasida oddiy fuqarolarning halok bo'lganlari borasidagi ayblovlarning ham tergov qilinayotganini ma'lum qildi.

AQSh armiyasining maxsus xizmat guruhi o'tgan seshanba kuni Afg'onistonning Pokiston bilan chegaradosh Kunor viloyatidagi tog'li hududlarda yo'qolgan edi. Ularni topish uchun o'tgan haftada yuborilgan vertolyot isyonchilar tomonidan otib tushirilgan. Vertolyot ichidagi barcha 16 harbiy halok bo'lgan. Xabarlarning birida yo'qolgan harbiylarning biri yakshanba kuni yarador holda topilgani haqida aytilgan edi. AQSh boshliq koalitsion kuchlarning rasmiy vakili leytenant Cindi Mur dushanba kuni Qobulda jurnalistlarga bu xabarni tasdiq etishdan bosh tortdi.

"Sizlarga faqatgina harbiy operatsiyalarimiz davom etayotganini ma'lum qilishim mumkin xolos," dedi u. "Qizil qanot" operatsiyasi Kunor viloyatida hali ham davom etmoqda, biroq bizda u yerdagi isyonchilar bilan bo'lgan jangdan keyingi vaziyatni hal-beri baholay olmaymiz."

Bundan tashqari BMT hamda afg'on hukumati bilan qo'shma holda tuzilgan saylov komissiyasi Qandahorda yakshanba kuni hukumat taraf bo'lgan din arbobi Muhammad Nabi Misbaxning o'limini qoraladilar. Komissiyaning Qobuldagi so'zlovchisi Bronvin Karren hozircha qotillikning sabablari aniqlangani yo'q, biroq saylovni boshqaruvchi qo'shma guruh Qandahordagi viloyat saylov komissiyasi vakilining o'ldirilishini afg'on xalqining tinchlik va barqarorlikka bo'lgan umidlariga qarshi uyushtirilgan zo'ravonlik sifatida qoralagan.

AQSh va afg'on rasmiylarining aytishicha, isyonchilarning so'nggi paytda faollashgani sentyabr oyida bo'lib o'tadigan parlament saylovlari bilan bog'liq.

XS
SM
MD
LG