Breaking News

AQSh O'zbekistondagi jurnalistlarning ta'qib qilinishiga o'z munosabatini bildirmoqda


AQSh Davlat departamenti rasmiy vakilining muovini Adam Yereli 7 iyul kuni chiqargan bayonotida, Qo’shma Shtatlar O’zbekistonda jurnalistlarning ta’qib qilinishi davom etayotganiga nisbatan o’z noroziligini bildirayotganini, aytdi.

“Biz O’zbekiston hukumatini Konstitutsiyada ko’rsatilganidek, jurnalistlar huquqini xurmat qilishga undaymiz,” dedi Adam Yereli. “O’zbekiston hukumati jurnalistlarni o’z ishlarini davom ettirmasliklari uchun, ularni qo’rqitib, ta’qib qilish yoki jismoniy zarar yetkazish tahdidini ishlatmasligi yoki xususiy fuqarolarning jurnalistlarga nisbatan zo’ravonlikni qo’llashi jazosiz qolib ketishiga yo’l qo’ymasligi shart," deyiladi bayonotda.

“Erkin matbuotning jamoatchilikni qo’rquvsiz xabar berish imkoniyatiga ega bo’lishi erkin jamiyat uchun muhimdir. Jurnalistlar ta’qib qilinishining davom ettirilishi O’zbekistonning demokratik islohotlarni o’tkazish va’dasining bajarilayotganini gumon ostiga qo’yadi,” deb o’z so’zini yakunladi AQSh Davlat departamenti rasmiy vakilining muovini Adam Yereli.

XS
SM
MD
LG