Breaking News

Toshkentda ushlangan rossiyalik jurnalist deportatsiya qilindi


11 avgust kuni Toshkent aeroportida ushlangan rossiyalik jurnalist Igor Rotar shanba kuni mamlakatdan rasman chiqarib yuborildi. Norvegiyada joylashgan Forum-18 tashkiloti va bir necha chet-el ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilgan Rotar ikki kun ilgari hech qanday sababsiz Toshkent aeroportida ushlangan edi. Ba’zi manbalarga ko’ra, O’zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati uni bilet olishga majbur qilib, o’z hohishiga ko’ra O’zbekistondan chiqarib yubormoqchi bo’lgan, biroq Igor Rotar bunga rad javobini bergan. Natijada u mamlakatdan deportatsiya qilinishga majbur bo’lgan.

Igor Rotar ishlaydigan Norvegiyada joylashgan Forum-18 axborot xizmatining Londondagi muxarriri Jon Kinexenning Amerika ovoziga bergan ma'lumotiga ko'ra, Rotarning ushlanishi O’zbekistondagi matbuot erkinligiga bo’lgan munosabatni, nafaqat mahalliy jurnalistlarga va hattoki chet-el jurnalistlariga nisbatan ham yaqqol ko’rsatib turadi.

Jon Kinexenning: “Janob Rotar o'zining jurnalistik faoliyatini olib borish uchun Bishkekdan Toshkentga borgan edi. U ilgari ham O'zbekistonda bir necha marotaba bo'lgan edi. Uni shaharga kirgizmay, hech qanday sababsiz aeroportda ushlab turishdi. O'ylaymizki, uni ushlab turish uchun buyruq yuqoridan kelgan. Ba'zi rasmiylarning aytishicha, janob Rotarning O'zbekistonda jurnalistik faoliyat olib borishi uchun akkreditatsiyasi yo'q edi, biroq akkreditatsiya yo'q har bir jurnalist bilan ham shunday mumoalada bo'lishadimi? JanobRotar hozircha Moskvada, biroq tez kunlarda Markaziy Osiyoga o'z faoliyatini davom ettirish uchun qaytadi.”Uning O’zbekiston haqidagi maqolalaridan biri 10 avgust kuni “Nyusvik” jurnalining rus tilidagi sonida “Islom Karimov o’z diniy siyosatining qurboniga aylanishi mumkin” sarlavhasi ostida chiqqan edi.

XS
SM
MD
LG