Breaking News

Jahon Banki O'zbekiston paxta sektoriga tegishli hisobotini chiqardi


26 avgust kuni Jahon Banki o'zining Internetdagi saytida O'zbekistonga doir yangi hisobotini chop qildi. Hisobot "Paxtachilikdagi soliq tizimi. Islohotlar uchun imkoniyatlar" deb nomlanadi. Hisobotda O'zbekistonning 2000 yil bilan 2004 yildagi paxta sektoriga nisbatan qo'llagan barcha soliq turlari o'rganilib, tahlil qilingan.

Xulosa shu bo'ldiki, valyutani ayirboshlash kursining umumlashgani hamda buning natijasida paxtaga bo'lgan narxlarning muvofiqlashtirilganligi byudjetga paxta savdosidan tushayotgan daromadning kamayganiga olib keldi. Boshqa qishloq xo'jalik turlariga qaraganda, paxtaga solingan soliq hali ham yuqoriligicha qolmoqda, shuning uchun fermerlar mehnat va sarmoyalarini paxta ekishga emas, boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlarini ekishga qaratganlar, deyiladi hisobotda.

Hisobotda, shuningdek, mazkur sektordagi ahvolni yaxshilash va paxtani yetishtirish suratini ko'tarish uchun islohotlar o'tkazish bo'yicha qator tavsiyalar berilgan.

Paxta O'zbekiston yalpi ichki mahsulotining 15 hamda chet-el valyutasidagi daromadining 25 foizini tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG