Breaking News

Ichki ishlar xodimlariga qamoq jazosi berildi


So’nggi xabarga ko’ra, O’zbekiston harbiy sudi 13 mayda Andijon qamoqxonasidan chiqarib yuborilgan mahbuslarning chiqarilishiga to’sqinlik qila olmagani hamda o’z lavozimini suiste’mol qilgani uchun qamoqxonaning 24 xizmatchisi va qo’riqchilarini bir yildan uch yilgacha qamoq jazosiga mahkum etdi.

Hukumatning aytishicha, 13 may kuni Andijon qamoqxonasidan terrorist deb gumon qilinayotgan shaxslar tomonidan yuzlab mahbuslar ozodlikka chiqarilib yuborilgan edi.

Sentyabr oyida o’tkazilgan ilk ochiq sud xalqaro hamjamiyat tomonidan adolatsiz va sud qoidalarini buzgan holda o’tganlikda ayblangach, undan keyingi sudlar yopiq tarzda Toshkent shahri va viloyatlarda o’tkazila boshladi. Oktyabr oyidan buyon jami 151 kishi sud qilinib, ularning barchasi Andijon voqealarida hukumatga qarshi harakat qilganlikda aybdor deb topilgan.

21 dekabr kuni Andijon voqealari bo`yicha ketayotgan sud jarayonlarida 41 fuqaro ustidan 12 yildan 20 yilga qadar qamoq jazosi belgilash haqida hukm chiqarildi.

O`zbekiston Oily sudining matbuot xizmati ma’lum qilishicha ayblanuvchilar Andijondagi terrorchilik va boshqa og’ir jinoyatlar sodir etilishida qatnashganlar.

Kuzatuvchilarga ko`ra dastlabki sud jarayonlari ochiq o`tgan bo`lsa, keyingi jarayonlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishning imkoniyati bo`lmagan.

Andijon voqealarida ayblangan 76 nafar kishi va bir guruh huquq-tartibot organlari xodimlari ustidan boshlangan sud jarayoni esa, rasman yopiq tarzda o`tishi e`lon qilingan edi.

Mahalliy inson huquqlari himoyachilariga ko`ra ayni paytda ketayotgan sud jarayonlari to`g`risida bu jarayonlar haqida hech narsa malum emasligini aytishdan tashqari biron narsa deyish mumkin emas.

O`zbekiston inson huquqlari tasabbus guruhi raisi Surat Ikromov sud jarayonlari haqida shunday izoh beradi:

“Yuridik va xalqaro qonunlarga ko`ra kuzatuvchilar, jurnalistlar sud jarayonlariga qatnshib tahlil qilib boorish va o`z fikrlarini aytish huquqiga ega. Biroq O`zbekiston hukumatiga jarayonlarga hech kimni kritmaslik uchun barcha qarshilik harakatlarini ko`rayapti”.

Andijon voqealari yuzasidan O`zbekiston Oliy sudida o`tgan dastlabki sud jarayonini xalqaro tashkilotlar hukumat tomonidan sahnalashtirilgan sud jarayoni sifatida baholashgan bo`lsa, hukumat vakillarining, jumladan O`zbekiston prezidentining sud jarayonlari haqidagi intervyulariga ko`ra, jarayon Andijon voqealari kim tomonidan tashkil etilganini yaqqol ko`rsatib bergan.

Shu yilning 12-13 may kunlarida Andijonda sodir bo`lgan otishmalar chog’ida rasmiy hukumat 180 dan ortiq kishi qurbon bo`lganini aytayotgan bo`lsa, inson huquqlari himoyachilari va mustaqil kuzatuvchilari hukumatning norozilik namoyishini ayovsiz bostirishi tufayli yuzlab tinch aholi qurbon bo`lganligini aytishadi.

XS
SM
MD
LG