Breaking News

Saakashvili: Rossiya gazni qurol sifatida qo'llashga tayyor


Gruziya prezidenti Mixail Saakashvilining kecha Vashington Post gazetasiga aytishicha, Rossiya va Ukraina o'rtasidagi gaz mojarosi Rossiyani ishonib bo’maydigan hamkor qilib ko’rsatgan. Unga ko’ra, Rossiya energetika boyliklaridan qurol sifatida foydalanishga tayyor ekani, endi Yevropa Ittifoqiga ayon bo’ldi.

Vashintondagi Xalqaro iqtisodiyot instituti xodimi Anders Asland fikricha, Rossiya gaz narxi mojarosini yaxshi uddalay olmagan. Rossiyaning g’arbiy Yevropaga gaz quvurlari Ukraina orqali o’tadi. Siyosiy mojaroning Rossiya gaz eksportlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi, birinchi marta ro’y bermoqda.

“Voqea g’arbiy Yevropa energetika manbalari haqida bosh qotirayotgan bir paytda yuz berdi. Rossiyaning strategik eksport manfaatlariga zarar yetsa ajabmas,”-deydi Asland.

AQShning Ukrainaga sobiq elchisi Villiam Miller Rossiya harakatlarini Ukrainaning islohotchi prezidenti Viktor Yushenko tomon qilingan hujum deb hisoblaydi.

“Ukraina xalqi va g’arb kuzatuvchilari nazarida, Gazprom Ukraina mustaqilligini zaiflashtirishga qaratilgan yarashmagan va xavfli qadam qo’ydi,”-deydi Miller.

Muxbirimiz Berri Vudning xabar berishicha, kuzatuvchilar gaz masalasi Ukraina parlamenti saylovlarida ham ko’tariladi, degan fikrda.

XS
SM
MD
LG