Breaking News

O'zbekiston YIHTga a'zo bo'ldi


Bugun Sankt-Peterburgda Yevroosiyo Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining (YIHT) navbatdan tashqari yig’ilishi o’tar ekan, O’zbekiston tashkilotga rasman a’zo etib qabul qilingan.

O`zbekiston prezidenti Rossiyaga jo`nab ketishdan avval Toshkent aeroportida mahalliy ommaviy axborot vositalariga intervyu bergan. Islom Karimov Yevroosiyo Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti bundan mintaqa davlatlari nima kutayotganligi haqida gapirgan.

Biroq mustaqil kuzatuvchilarning fikricha, Yevroosiyo Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti Markaziy Osiyo hamkorligi tashkilotini o`rnini bosa olmaydi. Birinchi galda mintaqa davlatlari o`z hududlarida intergatsion jarayonlarni o`tkazishlari va shundan so`nggina, asosiy ovozlari Rossiyaga qarashli bo`lgan tashkilot bilan hamkorlik qilishlari zarur edi.

O`zbekistonning YIHTga qabul qilinishi mazkur tashkilot rahbari Grigoriy Rapotaning 17 yanvarda Toshkentda bo`lgan tashrifida ham muhokama etilgan edi. O`zbekiston prezidenti bilan uchrashgan Grigoriy Rapota O`zbekistonning YIHTga a`zo bo`lishi mintaqadagi intergatsion jarayonlarni tezlashishiga imkoniyat berishi haqida fikr bildirgan edi.

Yagona iqtisodiy hudud yaratish go`yasini ilgari surayotgan tashkilotga a`zo bo`lgach O`zbekiston qo`shni davlatlar bilan amaldagi vizali kirib-chiqish tartibini bekor qilishi haqida ma'lumotlar yo`q.

Biroq, YIHTga a`zo davlatlarning ayrim rasmiylari bunga o`z munosabatlarini bildirib o`tishgan. Jumladan, Tojikiston tashqi ishlar vazirining matbuotga bergan intervyusiga ko`ra O`zbekiston tashkilotga a`zo bo`lgach O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi vizali tartibni bekor qilish kerak.

O`zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi mobaynida O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi boshqa ikki tomonlama hujjatlarga ham imzo chekilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG