Breaking News

Falastin parlamenti saylovlarida Xamas g'olib chiqdi


Xamas jangari guruhi Falastindagi saylovlarda g’olib kelib, parlamentda ko’pchilik ovozni qo’lga kiritdi. Xamas g’alabasi bilan Falastinda Fatoh partiyasining yetakchilik davri tugaydi, va Isroil bilan boshlangan tinchlik muzokaralarining qayta boshlanishi ancha qiyinchlashadi.

Saylov rasmiylari bergan ma’lumotga ko’ra, Xamas parlamentdagi 132 o’rindan 76 tasini qo’lga kiritgan. Falastin siyosatida o’nlab yillar davomida yetakchilik qilgan Fatoh partiyasiga esa atigi 43 o’rin tekkan.

AQSh, Yevropa Ittifoqi hamda Isroil Xamasni terrorchi tashkilot deb biladi.

Guruh Isroilni yo’q qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Oxirgi besh yil ichida uning xudkush a’zolari sodir etgan portlashlarda yuzlab Isroilliklar halok bo’lgan.

Prezident Bushga ko’ra, Xamas zo’ravonlikdan voz kechmasa, AQSh bu guruh bilan hech qanday muzokaraga bormaydi.

“Butun boshli mamlakatni yo’q qilishga chaqirayotgan, hamda bir bo’lagi qurollangan a’zolardan iborat partiya bilan qanday qilib hamkor bo’lish mumkin?” - deb so’raydi Bush.

Saylovda Xamas g’olib kelgandan so’ng, Falastin Bosh vaziri Ahmad Qureya va hukumat a’zolari iste’foga chiqqan. Rasmiylarga ko’ra, prezident Maxmud Abbos Xamasdan yangi hukumat tuzishni so’rashi kutilmoqda. Fatoh partiyasining rahbari janob Abbosning o’zi ishdan ketmaydi, deb umid qilmoqda prezident Bush.

Muxbirimiz Meredis Byuelning xabar berishicha, Xamas guruhi g’arbiy sohilda xayriya tadbirlari hamda Isroil bilan tinchlik muzokaralari o’tkazishga qarshiligi bilan shuhrat qozongan.

XS
SM
MD
LG