Breaking News

Qozog'iston rahbari O'zbekistonga rasmiy tashrif buyuradi


19-20 martda Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboyev O'zbekistonga rasmiy tashrif buyuradi. Kuzatuvchilarga ko`ra, Qozog`iston prezidentining O`zbekistonga tashrifi mintaqadagi va ikki xalqlar o`rtasidagi muammolarning yechimi uchun o`ta muhim.

Qozog`istonning O`zbekistondagi elchisi Tleuxan Kabdraxmanovning ommaviy axborot vositalariga bergan ma`lumotiga ko`ra, tashrif davomida asosan ikki davlatning xalqaro tashkilotlar doirasidagi faoliyati va boshqa ikki tomonlama masalalar muhokama qilinadi.

Mahalliy ekspertlardan biri Toshpo`lat Yo`ldoshevga ko`ra, Qozo`giston prezidentining O`zbekistonga kutilayotgan tashrifida O`zbekiston iqtisodiy siyosatini qo`shni davlatlardagi iqtisodiy siyosatga moslash masalasi ko`tarilishi mumkin.

“Balki Nazarboyev shuni Karimovga taklif qilar, chunki Qirg`iziston Jahon Savdo Tashkilotiga a`zo, Qozog’iston bunga tayyorgarlik ko`rayapti, O`zbekistondagi iqtisodiy siyosat esa mutlaqo qo`shni davlatlarga teskari, ya`ni faqat ma`muriy buyruqbozlik asosida boshqarib kelinyapti”, -deydi ekspert.

Fikrlarga ko`ra, mintaqa va ikki davlat o`rtadasigi muammpolarni hal etish ko`p jihatdan O`zbekiston hukumati tomonidan bunday masalalarni muhokamaga olib chiqishiga ham bo`gliq bo`ladi.

Mustaqil kuzatuvchilar nazarida, davlat tashrifi davomida ikki xalqlar o`rtasidagi mavjud muammolar muhokama qilinishi lozim. Chunki mustaqillik yillarida ikki mamlakat o`rtasidagi madaniy ijtimoiy aloqalar ancha susaygan. Shuningdek, Qozog’istondagi o`zbeklarlarning O`zbekiston bilan madaniy aloqalarni tiklashdagi muammolar, Qozo`gistonga ish izlab ketayotgan o`zbekistonliklarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish masalasi, chegaradan o`tish-qaytishdagi ma’muriy to`siqlar - bugun o`z yechimini kutayotgan muammolardir.

Shu jihatdan, Qozog’iston prezidentining O`zbekistonga kutilayotgan davlat tashrifiga umid bilan qaralmoqda. Biroq Nazarboyevning O`zbekistonga tashrifi avvalgi tashriflardan farq qilmasligi, hamda ikki davlat o`rtasidagi aloqalarda biror o`zgarish bo`lishi qiyin ekanligi haqida ham fikrlar mavjud.

XS
SM
MD
LG