Breaking News

Qozog'iston-O'zbekiston iqtisodiy aloqalarni qayta ko'rib chiqmoqda


Qozog'istonda o`tayotgan Qozog`iston va O`zbekiston hukumatlararo komissiyasining to`qqizinchi yig`ilishida aloqlarni tiklashga borasida qator tashabbuslar ko`tarilgan.

Qozog`iston prezidentining 19 martda kutilayotgan tashrifi oldidan o`tgan hukumatlararo komissiya yig`ilishida O`zbekiston va Qozog`iston ishtirokida chegara hududidagi aloqalarni shakllantirish uchun hamkorlik markazini tuzish, O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida xalqaro avtomabillar qatnovini yo`lga qo`yish, Qozog`iston prezidentining tashrifi davomida biznes forum o`tkazish, shuningdek, Qozog`iston Taraqqiyot bankining O`zbekistonda vakolatxonasini ochish kabi tashabbuslar ko`tarilgan. Jumladan, Qozog`iston Taraqqiyot bankining Toshkentda vakolatxonasini ochish shu yilning iyun oyiga rejalashtirilayotgani bildirilgan.

O`zbekistonga Qozo`giston sarmoyasini jalb etish bir necha bor Qozog`iston prezidenti tomonidan ham bildirib kelingan tashabbus, biroq bu tashabbusning shu paytgacha amalga oshmay kelayotgani avvalo O`zbekiston va Qozo`giston o`rtasidagi munosabatlarning sovuqligi va Qozog`istonda iqtisodiy sharoitning O`zbekistondagi iqtisodiy muhitga to`g’ri kelmasligi bilan baholanardi.

Mahalliy ekspertlar Qozog`istonning O`zbekistonga kiritishi mumkin bo`lgan iqtisodiy sarmoyasini sezilarli ravishda baholashadi, faqat buning uchun O`zbekistonda bank va iqtisod erkinligi sohasida qator o`zgarishlar amalga oshirilishi kerak. Mahalliy ekspertlardan biri Toshpo`lat Yo`ldoshevga ko`ra Qozog`iston sarmoyasining O`zbekistonda kiritilishi faqat shunday holatdagina mumkin bo`ladi.

“O`zbekiston hukumati 15 yil mobaynida yurutgan iqtisodiy siyosatini tubdan o`zgartirishi kerak”, – deya hisoblaydi ekspert.

XS
SM
MD
LG