Breaking News

Ukraina o'zbekistonlik qochqinlarni qaytarib xato qilganini tan oldi


Ukraina prezidenti kotibiyati raisi Oleg Ribachuk “Segodnya” gazetasiga bergan intervyusida, yaqinda mamlakatdan 10 nafar o’zbekistonlikning ekstraditsiya qilish jarayonida xatolikka yo’l qo’yilganini tan oldi.

Ya’ni, O’zbekiston fuqarolariga yetti kunlik muhlat ichida sudga appelyatsiya tarzida murojaat qilish imkoniyati berilmagan.

Shunga qaramasdan, deydi Ukraina hukumati vakili, sudning ularni deportatsiya qilish qarori qonuniy edi.

“Ukraina xavfsizlik xizmatiga ko’ra, ular radikal islomiy guruh a’zolari edi”, -dedi Ribachuk.

Shuningdek, unga ko’ra o’zbekistonliklar Karimov hukumati talabi bilan deportatsiya qilingan.

Markaziy Osiyoga oid boshqa xabarlar - 16 mart

AFG’ONISTON - AQSh Geologiya tadqiqoti markazi va afg’onistonlik olimlarga ko’ra, Afg’onistonda neft zahiralari avval taxmin qilingandan ham ko’proq ekan. “Pakistan Tribune” nashriga ko’ra, bu xulosaga Afg’oniston Konchilik vazirligi, hamda AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi o’tkazgan ikki-yillik izlanishlardan so’ng kelingan. Katta neft va gaz zahiralari Afg’oniston shimolida, Amu Daryo va Afg’on-Tojik chegarasi hududida joylashgan.

ROSSIYA - Moskvada besh Kaspiy-bo’yi davlatlarining ischi guruhlari o’tkazgan yig’ilish samarasiz yakunlandi, deya xabar qiladi Eron axborot agentligi. Eron, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog’iston va Turkmaniston Kaspiy dengizidan foydalanishning qonuniy tizimini ishlab chiqish bo’yicha muzokara olib bordilar.

Kaspiy dengizi mamlakatlarining keyingi yi’g’ilishi Turkmaniston poytaxti Ashgabatda o’tishi rejalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG