Breaking News

Akayev davrida o'limga mahkum etilganlarning ishi qayta ko'rilmoqda


27 mart kuni Qirg’iziston matbuotida, Akayev davrida o’lim jazosiga hukm etilgan 20 mahbusning prezident Kurmanbek Bakiyevga yozgan ochiq xati e’lon qilindi. Xatda mahbuslar ularga nisbatan chiqarilgan hukmni qayta ko’rib chiqishni talab qilishgan.

“Na tergov jarayoni na sud bizning aybimizni isbotlay olgan. Biz Akayev hukumatining, qo’g’irchoq sudyalari qurbonlarimiz”, -deyiladi ochiq xatda.

Mahbuslarning ushbu maktubi prezident Bakiyevni prokuratura, sud, huquq-tartibot organlari va mahalliy vakillardan iborat ischi- komissiyani tuzishga undadi. Komissiya mazkur ishni qaytadan o’rganib chiqib, qonun asosida o’z xulosalarini bayon etishi lozim.

XS
SM
MD
LG