Breaking News

Aksilterror faoliyatning inson huquqlariga ta'siri izohlanmoqda


Toshkentda o`z yig`ilishini yakunlagan Shanxay Hamkorligi Tashkiloti doirasidagi mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, terrorizmga qarshi kurash bo`yicha amaliy harakatlarni boshlaganini ma`lum qildi. Mahalliy kuzatuvchilarga ko`ra, mazkur tuzilma tarkibidagi xafsizlik kuchlarining amaliy harakatlari mintaqadagi, xususan O`zbekistonda inson huquqlari va diniy erkinlikka oid vaziyatni yanada og`irlashtirishi mumkin.

Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining Toshkentdagi yig’ilishida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilgan Federal xavfsizlik xizmati boshligi` o`rinbosari Sergey Smirnovga ko`ra, 2006 yil mobaynida ushlangan va ekstraditsiya qilingani ta’kidalanayotgan o`zbekistonliklarning barchasi “Hizbut Tahrir” diniy guruhiga, terrorchilikda aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Smirnovga ko`ra, ularning Rossiyadagi harakati ham qonunga xilof, “Hizbut Tahrir” a`zolari terrorchilikni targ`ib qilishadi; Farg’ona vodiysidagi vaziyat esa boshqa davlatlarga, jumladan Rossiyada ham terrorchilik tahdidini uyg`otmoqda. Bu borada Rossiya O`zbekiston bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining yi’gilishida Markaziy Osiyo, Rossiya va Xitoy xavfsizlik xizmati vakillari ishtirok etishgan; tuzulmaning terrorizmga qarshi kurashda ishga kirishayotgani ta’kidlangan. Uchrashuvda xavfsizlik xizmatlarining 2006-2009 yillar mobaynida terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorlik hujjatlari, va boshqa shu kabi bir qator kelishuvlar imzolangan.

Mintaqaviy aksilterror tuzilmasiga a`zo davlatlar xavfsizlik xizmatlarining terrorizmga qarshi kurashdagi ayrim harakatlari esa inson huquqlarini himoyalovchi xalqaro va mahalliy tashkilotlarlarning e’tiroziga sabab bo`lib kelmoqda. Xususan, qiynoqlar va o`lim jazosi q`ollanilishi mumkin bo`lgan davlatga ekstraditsiya qilish ta’qiqilanishi haqidagi xalqaro bitimlar aksilterror tuzilmasi tarkibidagi xavfsizlik kuchlari tomonidan buzilmoqda. Bu borada Rossiyadan tashqari Qozog`istion xavfsizlik xizmatlari vakillari ham o`zbekistonlik qochqinlarning qaytarilishida hissa qo`shganliklariga ur`gu beriladi.

O`zbekiston demokratik tashabbuslar markazi direktori Iskandar Xudoyberganovga ko`ra, Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan o`zbekistonliklarning ekstraditsiya qilinishi qonunga xilof. Mamlakatda o`lim jazosi qo`llanilishi davom etmoqda. Ularning aybi isbotlanmagan.

“Demokratiyaning mintaqada rivojlanishi uchun Rossiya bizga katta zarar keltirmoqda. Xalqaro terrorizmga qarshi kurash degan narsa hammani joniga tegdi. Masala hammasi xalqning nochor ahvolda ekanligi bilan bog`liq. Hukumat ana shuni yashirish uchun terrorizm tahdidini shishirib ko`rsatmoqda. Hammaga ma`lum, Shanxay Hamkorligi Tashkilotida asosan Xitoy va Rossiya yo`nalishni belgilaydi. Hozir siyosatni g`arb, va bu yoqda Rossiya bilan Xitoy belgilayapti. Faqat bularning siyosati demokratiyaga o`tishga xizmat qilayotgani yo`q,” - deydi Iskandar Xudoyberganov.

Ekspertlar Shanxay doirasidagi aksilterror tuzilmaning kuchayishini O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga ta`sir o`tkazishi haqida ham keskin tanqidlar bildirilmoqda. Ekspertlardan biri Bahodir Musayevga ko`ra, aksilterror markazining kuchayishi mamlakatdagi inson huquqlari, diniy erkinlik masalalarini bo`gish bilan birga, har qanday ijtimoiy siyosiy noroziliklarga terrorizm, islom inqilobi tusini berishga hozirlanadi.

“O`zbekistonda ayni paytda hukumat tomonidan aholiga ko`rsatilgan ayovsiz bosim tufayli, ijtimoiy vaziyatda sokinlik hukm surmoqda. Biroq ijtimoiy- iqtisodiy vaziyat o`nglanayotgani yo`q va ijtimoiy noroziliklar silsilasi davom etadi. Bunga esa Rossiya va Xitoy ko`magida yana bir terrorchilik chiqishi yoki islom inqilobi sifatida baho berilishi mumkin,” - deydi ekspert.

Kuzatuvchilarga ko`ra, bugun mintaqa doirasida ikki tomonlama va ko`p tomonlama terrorizmga qarshi kurashuvchi tashkilotlar, kelishuvlar juda ko`p. Aksilterror tuzilma shular jumlasidan, faqat geosiyosiy nuqtai nazardan mintaqada Xitoy va Rossiyaning ustunligini ta`minlovchi tashkilot vazifasini ham o`taydi.

Siyosatshunos Farxod Tolipov mintaqaviy aksilterror tuzilmaning inson huquqlari bilan qanchalik muvofiqligi ayon emasligini, Shanxay Hamkorligi kabi tashkilot doirasida asosan terrrorizmga qarshi kurash va iqtisodiy masalalargina aniq muhokamaga kiritilganini ta’kidlaydi.

Shanxay hamkorligi doirasida tuzilgan mintaqaviy aksilterror tuzilmasiga Tojikiston, Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Xitoy va O`zbekiston kiradi.

XS
SM
MD
LG