Breaking News

AQSh fuqarolariga O'zbekistonga bormaslikni maslahat bermoqda


Andijon voqealarining bir yilligi oldidan AQSh Davlat departamenti o’z fuqarolariga O’zbekistonga safar qilmaslikni maslahat bermoqda. Davlat departamenti konsullik ishlari bo’yicha byurosining ogohlantirishicha, O’zbekiston, ayniqsa Farg’ona vodiysi AQSh fuqarolari uchun xavfli mintaqadir.

Davlat departamentiga ko’ra, ayni damda Markaziy Osiyoda O’zbekiston Islomiy Harakati, Al-Qoida, Islomiy Jihod va Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati kabi terroristik oqimlar jonlangan va AQShning O’zbekistondagi mulklari va fuqarolarini nishonga olishi mumkin.

Mazkur guruhlar o’tmishda odamlarni garovga olganlar, o’ldirganlar va hudkush bombachilik kabi faoliyatlar olib borganlar, deya eslatar ekan, AQSh Davlat departamenti fuqarolarni o’ta hushyor turishga chaqirmoqda.

XS
SM
MD
LG