Breaking News

Tojikiston o’z hududini 2010 yilga qadar minalardan tozalashi lozim


Tojikiston-Afg’oniston chegarasi minalardan tozalanmoqda. Minalardan tozalash markazi boshlig’i Jonmaxmud Rajabovga ko’ra, mazkur haftada 1.344 kmlik chegaraning 200 kmi Tojikiston tomonidan tozalanadi.

Minalardan tozalash markazi kelasi uch hafta ichida ikki ming kvadrat kilometr masofani xavfsizlantirishni rejalagan. Eng minalangan hudud, deyishmoqda rasmiylar, bu Panj daryosi sohillaridir. U yerga xotirjam hayotning qaytishi uchun hudud batamom tozalanishi shart.

Hozirda Tojikistonning 25 ming kvadrat kilometr maydoni minalangan bo’lib, uning eng katta qismi Afg’oniston bilan chegaradosh hududlarga to’g’ri keladi.

2003 yilda Tojikiston Ottava konvensiyasiga imzo qo’ygan edi. Konvensiyaga binoan, mamlakatdagi barcha mina maydonlari 2010 yilga qadar tozalanishi lozim. “Berilgan muddatga oz vaqt qoldi. Imkoniyat va resurslarimiz katta emas. Biroq maqsadga erishish uchun harakat qilyapmiz”, - deydi Jonmaxmud Rajabov.

Bugunga kelib, Tojikistonda 180 ming kvadrat metr maydon Sovet davrlaridan qolgan minalardan tozalangan.

XS
SM
MD
LG