Breaking News

Rossiya Turkmaniston gaziga egalik qilmoqchi


InterFaks axborot agentligiga ko’ra, Rossiya Turkmaniston tomonidan Yevropaga eksport qilinadigan gazning barchasini sotib olmoqchi. Bu borada muzokaralar ketmoqda va ijobiy natijaga erishilsa, Rossiya yaqin uch yil ichida Turkmanistonning Yevropaga beriladigan gaziga egalik qilishi mumkin.

Tashabbus Rossiyaning Gazprom kompaniyasidan bildirilgan. Turkmaniston bir yilda Yevropaga 50 million kubometr gaz beradi. Bu raqam O’zbekistonning yillik ko’rsatkichiga teng. Agar kelishuv imzolansa, Rossiya uch yil davomida 150 million kubometr gazga egalik qiladi. Hozirda gazni yetkazish shartlari va narxlar belgilangan. Bitimning qolgan qismlari shu oy oxirigacha hal qiliniadi, deya xabar bermoqda Turkman davlat axborot agentligi.

XS
SM
MD
LG