Breaking News

O'zbekistonda Xotira va qadrlash kuni nishonlanmoqda


9 may O`zbekistonda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanmoqda. Xotira va Qadrlash kuni ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti faxriylari ishtirokidagi tadbirlar, ular xotirasiga ko`rsatilayotgan ehtiromlar bilan kuzatilmoqda.

9 may Sovet Ittifoqining fashistlar ustidan qozo`ngan ga`labasi kuni ko`pgina sobiq ittifoq davlatlarida G’alaba kuni sifatida qolgan. O`zbekistonda g`alaba bayrami O`zbekiston prezidentining tashabbusi bilan Xotira va qadrlash kuni sifatida e`lon qilingan. Xotira va Qadrlash kunida ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari bilan birgalikda, milliy ozodlik harakati uchun qurbon bo`lgan millat fidoiylari xotirlanishi ta`kidlangan edi.

Bu yilgi Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush va mehnat faxriylari 30 ming so`mdan moddiy yordam bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, mahallalarda urush faxriylari ishtirokidagi bayram tadbirlari o`tayotgani kuzatilmoqda. O`zbekistonda urush faxriylarining soni hozirgi kunda 30 mingga yaqin.

Bayramning rasmiy qismida poytaxtda ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga o`rnatilgan “Motamsaro Ona” yodgorligi ziyorat qilingan, yodgorlik poyiga gulchambar qo`yilgan. Marosimda O`zbekiston prezidenti ikkinchi jahon urushida qatnashgan o`zbekistonliklarning g`alabaga qo`shgan hissalari haqida gapirgan.

Bu yilgi Xotira va qadrlash kunining nishonlanishida O`zbekiston tashqi siyosatidagi o`zgarishlarning ta`siri sezilmoqda. Matbuot, televideniyedagi chiqishlarda 9 mayni avvalgidek – vatan urushi sifatida talqin etuvchi filmlarga, maqolalarga e`tibor qaratilmoqda.

Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, O`zbekistonda Xotira va qadrlash kuni faqatgina ikkinchi jahon urushi qurbonlarini yodga olish bilan cheklanib qolmoqda. Milliy xotira kunida ehtirom ko`rsatilishi lozim bol`gan sanalar, shaxslar xotirasiga rasmiy e`tibor susaygan.

Kuzatuvchi Baxtiyor Isabekka ko`ra, milliy ozodlik harakati qahramonlari Cho`lpon, Fitratlar shaxsiga e`tibor susaymoqda. Shuningdek, Xotira kunida tarixdagi milliy ozodlik harakati – Jizzax Qo`zg`oloni, Dukchi Eshon harakatidagi qurbonlar yod etilishi lozim.

Kuzatuvchiga ko`ra, milliy ozodlik harakati uchun kurashda qurbon bo`lganlar va ikkinchi jahon urushidagi qirbonlarni xotirlashda chegara qo`yilgan, zero millat uchun milliy ozodlik yo`lida qurbon bo`lganlarning xizmatlari ustunroqdir.

Shuningdek, Baxtiyor Isabekka ko`ra, millat xotirasida muqarar yod etilishi lozim bo`lgan voqealardan biri Andijonda yuz bergan fojeadir.

“Andijonda hukumat tomonidan qurbon qilinganlar va qurbon qilaman deb halok bo`lganlar ham eslanishi kerak, ularning har ikkisi bizning xalqimizning farzandlari, faqat qilgan ishlarini aytib eslanishi kerak ”, - deb hisoblaydi Baxtiyor Isabek.

O`zbekiston televideniyesining “Axborot ” dasturi xabariga ko`ra, Andijonda Xotira va Qadrlash kunini nishonlash sport musobaqalari tashkil etish bilan kuzatilgan. Bu musobaqalarda ikki mingga yaqin yoshlar qatnashgani ur`gulanadi.

12-13 may kuni Andijonda sodir bo`lgan fojealarda hukumat tomonidan kuch ishlatilishi oqibatida yuzlab tinch aholi qurbon bo`lgan edi. Andijon qurbonlarini xotirlash borasida xalqaro tashkilotlarning, shu jumladan O`zbekistondan tashqarida yashayotgan muxolifat vakilarining bir qator davlatlarda norozilik chiqishlari kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG