Qirg’iziston militsiyasiga ko’ra, jinoiy guruhlar yetakchisi deb tanilgan va parlamentga nomzodini qo’ymoqch bo’lgan Risbek Ahmatboyevning o’limi siyosiy qotillik emas.
Risbek Ahmatboyev Bishkekda qurollangan noma’lum shaxslar tomonidan otib oldirilgan. Hujum oqibatida u bilan birga 11 va 18 yoshlar atofidagi ikki o’smir ham yaralangan, deya xabar bermoqda RIA Novosti axborot agentligi.
Qirg’iziston Ichki ishlar vazirligi chiqargan bayonotga ko’ra, Ahmatboyev uyushgan jinoyatchi guruhlar orasida kelib chiqqan nizo qurboni bo’lgan. Ahmatboyevning o’limi, deya bildiradi vazirlik, uning marhum akasi Tinichbek Ahmatboyev o’rniga parlamentga saylanish rejalari bilan bog’liq emas.
9 aprel kuni Risbek Ahmatboyev parlament saylovlarida 79 foiz ovoz bilan g’olib chiqqaniga qaramay, Markaziy saylov komissiyasi uni jinoiy olam bilan aloqadorlikda gumon qilib saylov natijalarini bekor qilgan edi.
Ahmatboyev ommaviy chiqishlarida mamlakat bosh vaziri Feliks Kulov iste’fosini talab qilib, akasining o’limida Kulovning qo’li bor deb ta’kidlagan edi.