Breaking News

Yevropa O'zbekistonga nisbatan yumshoq siyosatda ayblanmoqda


Inson huquqlari himoyasi bilan shug’ullanuvchi Xyuman Rayts Uotch (Human Rights Watch) tashkilotining bugun chiqargan bayonotiga ko’ra, 16 may kuni Shvetsiyada o’zbek muxolifatchisi Muhammad Solihning mahalliy xavfsizlik xizmati tomonidan anglashilmovchilik oqibatida ushlangani Yevropa Ittifoqida O’zbekiston hukumatiga nisbatan aniq va keskin siyosatning yo’qligidan dalolatdir.

Muhammad Solih Stokgolm aeroportida Londonga ketmoqchi bo’lib turganida ushlangan edi. Shved rasmiylarining aytishicha, Muhammad Solih Interpolning O’zbekistondagi byurosi talabiga binoan hibsga olingan edi. Biroq ertasi kuni Norvegiya hukumati Muhammad Solihning u yerdan siyosiy boshpana olganini tasdiqlagach, muxolifatchi ozod etilgan.

Xyuman Rayts Uotch Shvetsiya hukumatini Interpolning Muhammad Solihni hibsga olish talabini bekor qilishga chaqirmoqda.

XS
SM
MD
LG