Breaking News

O'zbekistonda "Ta'lim orqali Global Hamkorlik" tashkilotining kuni bitdi


Toshkent shahar fuqarolik sudi AQShga qarashli "Ta'lim orqali Global Hamkorlik" (Global Involvement through Education) deya nomlangan yana bir xalqaro tashkilot faoliyatini tugatish haqida qaror chiqargan.

Adliya vazirligi tashkilot vakolatxonasini O`zbekistonda missionerlik faoliyatini yuritganlikda ayblamoqda. Bungacha tashkilotning Nukusdagi, Samarqanddagi, Farg`ona va Qo`qondagi bo`limlari tugatilgan edi. Toshkent shahar fuqarolik sudi bugungi qarori bilan vakolatxonaning O'zbekistondagi faoliyatini to`xtatdi.

Hozircha sud qarori ustidan shikoyat kiritiladimi yo`qmi, aniq emas. Yaqin bir yil ichida O`zbekistondagi o`nlab xalqaro tashkilotlar nizomdan tashqari faoliyat yuritganlik aybi bilan mamalakatdan chiqarib yuborildi. Mazkur xalqaro tashkilotlarning ba`zilari sud qarori ustidan shikoyat qilgan bo’lsa-da, hozirgacha bu shikoyatlarning birortasi inobatga olinmagan.

Kuzatuvchilar xalqaro tashilotlarni O`zbekistondan chiqarish harakati Adliya vazirligiga yuklatilgan siyosiy harakat ekanligini va shu bois ham shikoyatlar inobatga olinmayotganini ta`kidlashadi.

XS
SM
MD
LG