Breaking News

Tribune-uz.info faoliyatini to'xtatmoqda


O`zbekistondagi mustaqil axborot saytlaridan biri Tribune-uz.info o`z faoliyatini to`xtatganini bildirmoqda.

Tribune-uz.info sayti O`zbekiston hukumati qaramog`ida bo`lmagan kam sonli mustaqil axborot vositalaridan biri edi.

Sahifa rahbari jurnalist A`lo Xo`jayev nima sababdan bu qarorga kelinganligi haqida izoh berishni istamaydi. Xo`jayevga ko`ra u shunday qilishga majbur.

A`lo Xo`jayevning sayt o`quvchilariga, jurnalaistlarga bildirgan murojaatida, jumladan shunday yozilgan:

“Afsus, bu taasufli murojaatning o`z sababi bor, bugundan boshlab bizning saytimiz o`z faoliyatini to`xtatayapti, bu uzoq davom etadimi? Bilmayman. Ishoning, bunday to`xtamga kelish uchun jiddiy asos bor. Bu murojaatga qo'shimcha izohlar bo`lmaydi, men bunga javob berolmayman, aniqrog`i bunga vaqt javob beradi”, - deyiladi mazkur murojaatnomada.

Murojaatdagi ma`lumotga ko`ra saytning o’n minglab o`quvchilari bo`lgan. 2003 yilning dekabr oyidan boshlab hozirgacha bo`lgan faoliyati mobaynida sakkiz mingga yaqin turli axborot taqdim etilgan. Sayt hamisha axborot tarqatishda xolis bo`lishga tayangan. Unda hukumat pozitsiyasi bilan bir qatorda boshqa mustaqil qarashlar o`z ifodasini topgan.

Biroq A`lo Xo`jayevning murojatida aytilishicha, O`zbekiston hukumati tizimlari axborot vositasining o`rnini boshqacha tushunadi, shu bois ham 2005 yildan boshlab saytga kirishni ta`qiqlovchi blok qo`yilgan.

Sayt bosh muharriri mazkur qarorga jiddiy sabablar borligini ta’kidlar ekan, bu jiddiy sabablar haiqda izoh bermaydi, biroq kuzatuvchilarga ko`ra bu jiddiy sabab O`zbekistonda jurnalistlarga ko`rsatilayotgan tayziqlar bilan bog`liqdir, jumladan A'lo Xo`jayevning o`ziga ham.

Mahalliy ekspertlardan biri, axborot saytida o`z tahliliy chiqishlari bilan qatnashib turgan Toshpo’lat Yo’ldoshevga ko`ra O`zbekiston hukumati o`z nazoratida bo`lmagan axborot vositalarining barchasini yoqotish harakatida, shuning uchun ham ko`pgina saytlar o`z sahifalarini yopishni ixtiyor etayotgan bo`lishi mumkin.

“Tribune-uz.infoning boshqa saytlardan farqli u ko`proq axborot tarqatish bilan birga tahliliy maqolalarga o`rin berardi. A`lo Xo`jayev hukumatni tanqid qilishda maqolalarning asosli ekanligiga alohida ahamiyat qaratoyotgan jurnalistlardan biri edi. Shunga qaramasdan bu saytda tanqidiy maqolalar borligi uchun unga nisbatan tayziqlar yanada kuchayayotgan edi ”, - deydi Toshpo`lat Yo’ldoshev.

Bundan bur muncha vaqt avval A`lo Xo’jayev o`zi chetga chiqish uchun viza berilmaganligi va buning sababi tushintirilmagani haqida ma`lumot bergan edi. Xo`jayev buning sabablarini aynan jurnalistik faoliyati bilan bo`gliq ekanligini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG