Breaking News

Chechen dala qo'mondoni Shamil Basayev o'ldirilgan


Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati direktori Nikolay Patrushevning ma’lum qilishicha, chechen jangarilarining taniqli dala qo’mondoni Shamil Basayev kechasi o’tkazilgan maxsus operatsiyia davomida Ingushetiyada o’ldirilgan.

Prezident Putin operatsiyada ishtirok etgan barcha xodimlarni taqdirlashini ma’lum qildi.

Shamil Basayev 2004 yilda Shimoliy Ossetiyadagi Beslan shahridagi maktabga xuruj uyushtiranlikda va 330 kishini, shu jumladan, aksariyati bolalarni uch kun davomida garovda saqlaganlikda va qator boshqa xurujlar orqasida turganlikda ayblanadi.

XS
SM
MD
LG