Breaking News

O'zbekistonliklar nazarida Yaqin Sharq tinchligi AQShga bog'liq


Yaqin Sharqdagi vaziyat boyicha O’zbekiston rasmiylarining munosabatlari aniq emas, faqat “Jahon” axborot agentligining Isroil –Livan chegara hududidagi o`gir ahvoldan tashvish bildirib chiqargan xabari, bundan mustasno.

Bu xabarda O’zbekiston jamoatchiligi nizoli tomonlarni qurol ishlatishdan to`xtatishga chaqirishi, majorani tinch yo`l bilan hal etish tarafdori ekanligi bildiriladi.

Mustaqil kuzatuvchi Iskandar Xudoyberganovga ko`ra terorrchilikni yo`qotishga qaratilgan aksilteror tuzilmalari o`z samarasizligini ko`rsatmoqda.

“Agarda G`arb bilan Sharq o`rtasidagi kelishmovchiliklar bo`lmaganda edi, bu narsani hal qilish mumkin bo`lardi. Kondoliza Rays tomonidan, Putin tomonidan bildirilgan talablar ham har ikkala tomon uchun ma`qul bo`lishi kerak. Har ikki tomondan noto’g’ri yo`ldan ketmoqda. Haqiqiqy masalani hal etishga kelganda aksilterror markazlari turli tomonlarga tortila boshlanadi, agar shunday bo`lmaganda edi, bu masalani hal etish mumkin bo`lardi”, - deydi Xudoyberganov.

“Siyosat” axborot tahlil markazi eksperti Sharofiddin To`lganovga ko`ra bu masalada ikki yoqlamalikka yo`l qoyilmoqda:

“Isroilning “Hizbulloh”ga hujumlari orqali faqat tinch aholi qurbon bo`layotganligini AQSh matbuoti ham aniq biladi. Isroil Livan hududiga bostirib kirdi, mayli terrochilarni yo`q qilish uchun ham. Agar bu narsa, masalan Rossiya tomonidan amalga oshirilsa, G`arb tomonidan boshqacha baholanardi”.

“Livan Isroil tomonidan tuzilgan makkor rejalarni biriga tushdi. Ular suriyaliklarni mamlakatdan chiqarib yubormasligi kerak edi, suriyaliklar ularni himoya qilib turardi. Faqat AQSh Isroilga tayziq o`tkazishi mumkin, bu narsa AQShni ruxsatisiz amalga oshirilganiga ishonmayman”, - deydi fuqarolardan biri.

“Nazarimda ularga (Isroilga) yer kerak, yer berish kerak. Yer berishni davlat qonuniyati bo`yicha qarab chiqish kerak, agar shunga asos bo`lsa yer berilishi kerak. Buning uchun qon to`kishning hojati yo`q, mening bilishimcha, bu narsa maslahatli, rizolik yo`li bilan hal etilishi kerak”, - deya bildiradi yana bir fuqaro.

Oddiy fuqarolarga ko`ra tinch aholi qurbon bo`layotgan urush tezda to`xtatilishi kerak. Bu narsa kuchli davlatlar, avvalo AQShning xolis aralashuvuni talab etadi.

XS
SM
MD
LG