Breaking News

Zarafshon-Nyumont amerikalik xodimlarini vataniga jo'natdi


AQShga qarashli Nyumont Mayning (Newmont Mining Corp.) oltin qazish va qayta ishlash kompaniyasi tomonidan asos solingan va O’zbekistonda ishlayotgan Zarafshon-Nyumont qo’shma korxonasining ba’zi amerikalik xizmatchilari korxona ishi to’xtab qolgani munosabati bilan vataniga jo’natildi.

Bir haftadan oshiqroq vaqt ilgari Zarafshon-Nyumontning O’zbekistondagi faoliyati soliq bilan bog’liq muammolar tufayli to’xtatilgan, ba’zi mulklari va bankdagi hisob raqami muzlatilgan va qayta ishlangan oltin eksporti to’xtatilgan edi. Nyumont rahbariyati O’zbekiston hukumatini soliq bahonasida mulkidan ayirmoqchi bo’lganlikda gumon qilmoqda va bunday sharoitda ishlay olmasligini hamda soliq bilan muammo hal qilinmasa, O’zbekistondan chiqib ketishini ma’lum qildi.

O'zbekiston hukumati Zarafshon-Nyumont 48 million dollar miqdorda soliq to'lamagan, demoqda. Uning vakillariga ko'ra, korxona O'zbekiston soliq qonunchiligidagi o'zgarishlardan xoli bo'lishi kerak edi. Biroq soliq idoralari buni inkor etmoqdalar.

Qo'shma korxona qoshida 900 ga yaqin kishi ishlaydi.

XS
SM
MD
LG