Breaking News

Karimov Sochida chegara masalasini yecha olarmikan?


Rossiya, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston rahbarlari Qora dengiz bo’yidagi Sochi shahriga yig’ilmoqda. O`zbekiston prezidenti Islom Karimov bugun Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati majlisiga yo’l olgan.

15-16 avgust kunlari o`tadigan norasmiy sammitda, O`zbekistonda tarqatilgan rasmiy ma'lumotlarga ko`ra, hamjamiyat doirasida bojxona ittifoqini tuzish, tashkilot a`zolarining energetika sohasidagi hamkorliklari, mintaqadagi suv resurslaridan foydalanishni muvofiqlashtirish. Shuningdek, tashkilot a`zolarining Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish masalalari ham muhokamaga qo`yilgan.

O`zbekiston hamjamiyatga eng keyin qo`shilgan mamlakat. Tashkilotning asosiy vazifasi a`zo mamlakatlar hududida bojxona to`lovlarini muvofiqlashtirish, bu hududda erkin savdo muhutini yaratishdir.

Tashkilotning avvalgi sammitida O`zbekistonning hamjamiyat doirasidagi faoliyati Tojikiston tomonidan keskin tanqidga uchragan edi.

Tojikiston prezidenti O`zbekistonni o`z majburiyatlarini bajarmayotganlikda, erkin harakatlanishdagi asosiy to`siq - Tojikiston-O`zbekiston o'rtasidagi viza rejimni bekor qilmayotganlikda ayblagan edi.

O`zbekiston-Qirg`iziston o'rtasida ham viza tartibi hukm surmoqda. O`zbekiston tomonidan olingan majburiyatlarga ko`ra, shu yilning oxirigacha bojxona borasidagi yaxlit kelishuvga erishilishi, fuqarolarning erkin savdo aloqalari ta`minlanishi kerak.

Mahalliy kuzatuvchilar Sochidagi norasmiy sammit aynan chegara masalalarini hal etishiga shubha bilan qarashadi.

Sabab sifatida oz bo`lsada aholining iqtisodiy erkinlikka erishishi - hozirgacha iqtisod nazoratini qo`ldan bermayotgan hukumatni cho'chitib qoyishi mumkinligi keltiriladi.

Kuzatuvchilarga ko`ra O`zbekistoning tashkilotga a`zoligi ko`proq siyosiy maqsadga, hukumatning asosiy ittifoqchiga aylangan Rossiya bilan siyosiy birlikni ifodalash bilan bo`gliq.

XS
SM
MD
LG