Breaking News

Xitoy Orol dengizida neft va gaz zahiralarini qidiradi


Xitoy Davlat neft korporatsiyasi O’zbekiston bilan neft bo’yicha ikkita shartnomaga qo’l qo’ydi. Unga ko’ra, Xitoy korporatsiyasi O’zbekneftgaz, Rossiyaning Lukoyl, Malayziyaning Petronas va Janubiy Koreya Davlat neft korporatsiyasi bilan hamkorlikda Orol dengizida tabiiy gaz zahiralarini qidiradi va topilgan taqdirda qazilmasi bilan shug’ullanadi.

Orol dengizining 10 ming kvadrat kilometr maydoni O’zbekistonga qarashli va ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, o’zida neft va gaz zahiralarini saqlaydi.

Shartnomaga ko’ra, kelasi uch yil ichida seysmik tekshiruvlar o’tkaziladi va ikki joyda burg’ilash ishlari o’tkaziladi.

O’zbekiston neft zahiralari 5 milliard tonnadan, gaz zahiralari esa 5 trillion kubometrdan ko’p deb baholangan.

XS
SM
MD
LG