Breaking News

Qirg'izistonda yo'qolib qolgan AQSh harbiysi topildi


Bishkek yaqinidagi “Manas” aeroportida joylashgan “Gansi” harbiy bazasi harbiysi mayor Jill Metzger kecha tunda topilgan. Ofitser ayol 5 sentyabr kuni Bishkekdagi savdo markazida sheriklaridan ajralib qolgan va shundan beri uning qayoqda ekani noma’lum edi.

Ma’lum bo’lishicha, Jill Metzgerni uch erkak va bir ayol mikroavtobusga zo’rlab o’tqazib, Bishkekdan 50 km uzoqlikdagi qishloq joyga olib borgan. Amerikalik ayol Qant shahridan topilgan, uning bu shaharga qanday borib qolgani tafsilotlari ma’lum qilinmagan. Metzger xonim zo’rlanmagan, kaltaklanmagan.

Qant shahridagi aerodromda Rossiya harbiy bazasi joylashgan.

“Gansi” bazasi harbiysi, polkovnik Joel Skot Risning aytishicha, bazada tartib o’zgarmagan. Jill Metzgerning g'oyib bo'lishi tafsilotlari hozircha oshkor qilinmaydi.

Jill Metzger ayni damda “Gansi” harbiy bazasi shifoxonasida va uning soppa-sog’ ekani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG